1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari


Download 155.38 Kb.
bet8/9
Sana30.10.2023
Hajmi155.38 Kb.
#1734871
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari

Kompiliyativ talqin – obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yoki taqrizchiga tilyog‘lamalik qilish.
Konsepsiya – (lot. conceptio — to‘plash, birlashtirish; tizim; ibora) qarashlar, fikrlar yo‘nalishi tizimi; fikr yuritish, dunyoni tushunish, anglash usuli.
Nazariya – (arab. - taʼlimot; qoidalar majmui; umumlashma fikr) 1. Voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. 2. Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi asosiy gʻoyalar, umumlashgan qoidalar majmui. 3. Biror sohada hunar olish, malaka orttirish, mahoratni oshirish yo‘lidagi bilim-qoidalar majmui. 4. Ilm-fan, san’at va b. sohalarning mantiqiy abstrakt fikrlash yo‘li bilan ishlab chiqilgan asoslari. 5. Voqea, hodisa va h. k. ni tushunish-tushuntirishning umumiy prinsiplarini asoslab beruvchi ilmiy qonun-qoidalar majmui.
Oddiy bilish – shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisalar bilan tanishish jarayoni bo‘lib, u muntazam rivojlantirib borilsa, asta-sekinlik bilan ilmiy bilishga aylanadi.
Ratsional talqin – aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli.
Tasniflash – arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, guruhlash, sinflarga ajratish.
Yangilik– ilgari ma’lum bo‘lmagan, yaqindagina paydo bo‘lgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, ma’lumot. 


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. “Ilm-fan” tushunchasini qanday izohlaysiz?

  2. “Ilm-fan”, “intellekt”, “intellektual boylik” tushunchalarini qanday izohlaysiz?

  3. “Ilmiy etika” deganda nimani tushunasiz?

  4. “Ilmiy tavsif”, “ilmiy tasnif”, “ilmiy talqin” tushunchalarini izohlang.

  5. Bilish va ilmiy bilim olish, ilmiy tadqiqot, ilmshunoslik tushunchalarining ma’nosini tushuntiring.

  6. Filolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

  7. Filologiya, lingvistika haqida qanday tushunchaga egasiz?

  8. Ilm va ilmshunoslik tushunchalarini qanday izohlaysiz?

  9. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘zlab bering.

  10. Ilmiy talqin turlari haqida ma’lumot bering.

  11. Ilmiy tavsif, ilmiy tasnif, ilmiy talqin tushunchalarini izohlang.

  12. Ilmshunoslik fani nimani o‘rganadi va o‘rgatadi?

  13. Integratsiya va differentsiatsiya tushunchalari nimani anglatadi?

  14. Oddiy bilish va ilmiy bilishning farqlari qanday?

  15. Olimlar nima uchun fan egalari va jamiyatning yetakchilari hisoblandi?




Download 155.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling