1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari


Download 155.38 Kb.
bet7/9
Sana30.10.2023
Hajmi155.38 Kb.
#1734871
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari

MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARIY
Differensiatsiya – o‘rganilayotgan obyekt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash orqali o‘rganish, alohidalash.
Dogmatik talqin – ilm-fan sohalarida qat’iy o‘rnatilgan, avtoritetlar ma’qullaydigan, erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaydigan tushuntirish, izohlash usuli.
Fan – (arab. san’at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq) tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga tahsir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. Yoki shunday bilimlar tizimining alohida tarmog‘i, yo‘nalishlari, sohalari.
Ijodiy talqin – obyektni o‘rganishda uni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog‘lagan holda, ular sintezidan o‘tkazish.
Ilm – (arab. — bilim; fan; nazariya) 1. Oʻqish-oʻrganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. 2. Ish-faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. 3. Ish-faoliyatning ma’lum bir sohasiga oid bilim, ta’limot, malaka.
Ilm-fan – kishilik jamiyatining o‘z-o‘zini va atrof-olamni anglashga urinishi jarayonida qo‘lga kiritgan jamiki aniq, obyektiv, barcha uchun teng darajada muhim bo‘lgan bilimlari jamlanmasi.
Ilmiy bilish – shaxs, narsa-buyum, hodisa-voqelikni chuqurroq o‘rganish, mavjud sir-asrorlarni anglab yetishga qaratilgan jarayon.
Ilmiy talqin – anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni ilmiy asosda tushuntirish, izohlab berish.
Ilmiy tavsif – tafakkur hosilasining alohida turi bo‘lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirish.
Ilmshunoslik – ilmiy ish yuritish asoslarini o‘rganvuvchi fan.
Integratsiya – o‘rganilayotgan obyektlardagi xususiyatlarni umumlashtirish orqali ularni bir-biriga yaqinlashtirish, birlashtirish.
Interpretatsiya (talqin) – matnni, asarni muqobil vositalar yordamida talqin qilish, izohlash.

Download 155.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling