3. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagogi quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Maktabgacha yoshdagi guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega shaxslar tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lishi kerak.
3.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri va metodisti va maktabgacha ta’limning hududiy organidan pedagogik jarayonni tashkil etish bo‘yicha maslahat olishi.
3.3. Mavjud metodik adabiyotlar va qo‘llanmalardan mashg‘ulotlarga tayyorlanishda foydalanish.
3.4. Bolalarni tegishli sanitariya tekshiruvisiz guruhga qabul qilmaslik.
3.5. Ma’muriyatdan ishlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish.
4. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash uchun guruh pedagogi quyidagilarga ma’suliyatlidir:
4.1. Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish.
4.2. MTT Nizomiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining dasturiy va uslubiy ko‘rsatmalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish
4.3. Tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish.
4.4. Tartibga, mehnat intizomiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |