Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda yordam ko‘rsatish
Bolalar odatda yangi ko‘nikmalarni o‘z tashabbuslari bilan, masalan, zinapoyadagi pog‘onalarni sanash kabi, amalda qo‘llaydilar.
Yangi ko‘nikma o‘z takomiliga yetkazilishi bilan bolalarga o‘rganishni davom ettirish uchun yangi vazifalar kerak bo‘ladi. Lekin bu vazifalar ham realistik bo‘lishi zarur.
Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv
Pedagoglar joriy davrdagi olg‘a siljish darajasini belgilayotganlarida va keyingi qadamlarni rejalashtirayotganlarida dastur maqsadlarini xotirada tutadilar.
Maqsadlar qanchalik realistik ekanligi darajasi individual bolaning rivojlanish darajasiga, oldingi tajribalarga, bilim va ko‘nikmalarga, shu jumladan, o‘qitish ro‘y berayotgan kontekstga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagog qabul qiladigan qarorlar
Katta yoshdagi bolalar pedagoglari har kuni bolalar qanday kitoblarni o‘qishlari, kichik guruhlarga qancha kishini kiritish kerakligi, qanaqa savollarni berish, boshqalar bilan o‘yinga kirishib keta olmayotgan bolaga qanday qilib yordam berish bo‘yicha ko‘plab qarorlarni qabul qiladilar.
Boshqa qarorlar – pedagoglar rivojlantiruvchi muhitga, materillarni joylashtirishga, kichik guruhlarda ishlash uchun bolalarni qanday qilib taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
Barcha vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar sinchiklab ko‘rib chiqish va rejalashtirish natijasi bo‘lib sanalishi kerak.
Pedagoglar tomonidan axborotlashtirilgan qarorlarni qabul qilish – barcha kichik va muhim qarorlar axborotlashtirilgan holda, ya’ni, pedagog o‘z kuzatuvlari (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbatlashish natijasida tarbiyachilar har bir bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, qiziqishlarini bilib oladilar) asosida oladigan axborotlarga tayangan holda qabul qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |