1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi
Download 152 Kb.
|
3-MA`RUZA
10.3.Interaktiv o‘quv qo‘llanmalari.
Agarda iPad lar uchun bag‘ishdangan Wired jurnali ko‘rib chiqilsa, hozirgi davrdagi o‘quv qo‘llanmalarning naqadar qoloq darajadaligini va shiddat bilan rivojlanayotgan hayotdan ancha orqada qolganligini anglab yetish mumkin. Zamonaviy elektron jurnallarning sahifalari hozirgi paytda juda qiziqarli, multimediaviy ko‘rinishda va kishini o‘ziga jalb qila oladigan holatga kelgan: ulardagi rangdor tasvirlarning o‘lchamlarini osongina kattalashtirish mumkin, kerakli joylarda mavzuga mos bo‘lgan musiqa ohanglari keladi, turli xildagi videoroliklar namoyish etiladi, interaktiv infografika esa barmoqlarning tegishiga binoan darhol tegishli javoblar beradi. Bularni ko‘rgandan so‘ng, albatta quyidagi savol paydo bo‘ladi: Xo‘sh, nega mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham huddi shunday qiziqarli interaktiv elektron kitob yoki ma’ruza matnlari yaratish mumkin emas! Ammo ko‘pchilik eski avlodga mansub va bir necha o‘nlab yillar oldingi bilimlar hamda uslublar majmui bilan qotib qolgan dunyoqarashdagi pedagoglar qog‘oz ko‘rinishidagi an’anaviy kitob va qo‘llanmalar yaratishning afzal tomonlarini siz va bizga o‘nlab soat tushuntirishga urinishlari mumkin (buni ta’lim muassasalaridagi o‘ziga xos stagnatsiya jarayoni deb atash mumkin – eskilik yangilikka osonlikcha joy bo‘shatib bermaydi, albatta!). Chunki ular birinchidan, bunday elektron kitoblarning afzalliklarini tushunishga ma’nan va aqlan tayyor bo‘lmasalar, ikkinchidan bunday kitoblarni yaratishga hamda ulardan foydalanishga qodir emaslar. Uchinchidan esa ilgarigi zamon tushunchalari va hozirgi zamon tushunchalari orasidagi katta farq 20-asr pedagoglari bilan 21-asr talabalari orasida o‘ziga xos katta bo‘shliq hosil qilgan. Shuning uchun ham hozirgi davrda yoshlar va kattalarning bilim olish hamda malaka oshirish jarayonlari turli ko‘rinishlarda amalga oshib, turli xildagi samara berayapti. Huddi shu tufayli mamlakatimizda elektron kitoblar yaratish jarayoni mavjud kitob va qo‘llanmalarni asta-sekinlik bilan raqamli formatga o‘tkazish bilangina chegaralanib qolayapti – bunday ishlarning samarasi juda past bo‘lishini oldindan aytib berish unchalik katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, bizning fikrimizcha, bu holatlar vaqtinchalik bo‘lib, tez orada o‘zgarishiga umid qilish mumkin, chunki respublika o‘quv muassasalarida interfaol ta’lim usullarining tezkorlik bilan tadbiq qilinishi innovatsion ta’lim usullarini amalga oshiradigan elektron adabiyotlar hamda saytlar yaratishni taqozo qiladi va bu yumushni kimlardir albatta amalga oshiradi. Shuni ham aytish kerakki, faqatgina maktab darsliklarini innovatsion usullar vositasida tayyorlash va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larning o‘zigina katta miqdorni tashkil qiladi. Agar bularga litsey, kollej, institutlar, universitetlar va akademiyalarda foydalaniladigan elektron darsliklarni qo‘shsak, juda katta potensial pul manba’ini ko‘rishimiz mumkin. Bunday katta va doimiy daromad manba’lariga egalik qilish ko‘pchilik tadbirkorlar va venchur biznes namoyondalarida katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Agarda bu yumush yuqorida tavsif etilgan o‘quv muassasalari xodimlari bilan bilan hamkorlikda amalga oshirilishi tashkillantirilsa, bunday tadbirkorlik faoliyati ta’lim muassasalariga ko‘plab pul mablag‘lari kelishiga sabab bo‘lar edi va ular o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga tezda rivojlanib ketgan bo‘lar edilar. Ushbu tadbirkorlik faoliyati ta’lim dargohlarida doimiy ravishda ishlaydigan professoro‘qituvchilarning moliyaviy ahvolini sezilarli ravishda yaxshilashga ham olib kelar edi, albatta. Keyingi yillarda bunday imkoniyatga jahon miqyosidagi eng katta kompaniyalardan Apple va Amazon lar ham jiddiy ravishda qiziqib, o‘z kuch va imkoniyatlarini bunga yo‘naltirayaptilar. Misol sifatida o‘quv adabiyotlarini ijaraga berib turish bilan shug‘ullanadigan Chegg kompaniyasini keltirishimiz mumkin. Ularning hisoblashlaricha, AQSH kollejlaridagi o‘rtacha statistik talaba bir yilda kitob va qo‘llanmalar sotib olish uchun 1000 dollargacha mablag‘ sarf qilar ekan. Chegg kompaniyasi talabalarga kitoblarni va ular bilan bog‘liq elektron uskunalarni yarim narxida bir semestrga foydalanishga berib va keyin qaytib olib, bu sarf harajatlarni ikki martaga kamaytirish imkoniyatini yaratganlar. Bu ish ko‘pchilik talabalar uchun ma’qul kelgani tufayli kompaniya biznesi juda yaxshi rivojlangan va ular 2012 yilning o‘zidayoq salkam 150 million dollar pul ishlab olganlar. Ammo kompaniya o‘z ishini yanada rivojlantirish uchun hamda qog‘oz kitoblar davri allaqochon o‘tib ketganini anglagan holda interaktiv elektron darsliklar yaratishni ham yo‘lga qo‘ygan. 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab, Chegg kompaniyasi interaktiv elektron darslik va qo‘llanmalarni ham sotishni va ijaraga berishni amalga oshirishni boshlagan. Yana bir misol sifatida Apple kompaniyasining sobiq xodimi Metyu Maklinson tomonidan 2009 yilda asos solingan Inkling Systems deb nomlangan kompaniyani ham keltirish mumkin. Bu kompaniya nashriyotchilar uchun planshet kompyuterlarga va internetda foydalanishga mo‘ljallangan interaktiv o‘quv qo‘llanmalar yaratishga yordam beradigan mahsus dastur-platforma ishlab chiqqan. Inkling Systems o‘z ilmiy-tijorat faoliyatini yanada rivojlantirish uchun turli venchur fondlardan, shu jumladan, Sequoia Capital dan 17 million dollar mablag‘ jalb qila olgan. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling