1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi


Download 152 Kb.
bet14/18
Sana18.02.2023
Hajmi152 Kb.
#1212812
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-MA`RUZA

2U yoki 2Tor — tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadigan kompaniya
bo‘lib, u 2008 yilda zamonaviy ta’lim tanqidchisi va taniqli tadbirkor
Djon Katsman tomonidan tashkil qilingan. Ushbu kompaniya bir necha
yilga mo‘ljallangan to‘liq on-layn kurslar yaratish bo‘yicha yetakchi
Amerika universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan
interaktiv o‘quv qo‘llanmalar, planshet va smartfonlar uchun dasturlar,
on-layn ma’ruzalar hamda talaba va professorlarning muloqotini
amalga oshiruvchi funksional qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Har bir
kursning platformasini ishlab chiqish uchun 2U (yoki 2Tor)
kompaniyasi turli xil venchur fondlar tomonidan ajratilgan 10 million
dollar atrofidagi mablag‘ sarflamoqda. Bu loyihaning boshlang‘ich
bosqichidagina tahminan 100 million mablag‘ sarf qilingan. Ta’lim
texnologiyalarining ushbu bo‘lim sarlavhasida keltirilgan qolgan to‘rtta
asosiy yo‘nalishlari esa quyida imkoniyat darajasida tavsif etilgan.
Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi.
Zamonaviy ta’lim jarayoni universallashtirishga intilib, ta’lim
berishda insonlarni bir-birlariga maksimal darajadi o‘xshash qilib
modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Hozirgi zamondagi
maktab va universitetlar o‘z talaba-o‘quvchilarini klassik «qora
qutilar» ko‘rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil
ma’lumot beradilar va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini
hisobga olmagan holda ulardan javob reaksiyalarini kutadilar. Bunday
yondoshuv ko‘pchilik tomonidan allaqachon voz kechilishi kerak
bo‘lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi. Kimlardir bu
muammoni o‘quv jarayoniga ko‘proq o‘qituvchilarni jalb qilgan holda
hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o‘quvchiga alohida
diqqat-e’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini
nazarga olgan holda o‘quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish
mumkin. Lekin bu juda ham qimmatga tushadigan tadbir bo‘lgani
uchun, pedagogika bo‘yicha ko‘pchilik mutaxassislar ta’lim jarayonida
zamonaviy kompyuterlarning dasturiy-texnik vositalari va
imkoniyatlarini jalb qilgan holda yaxshi natijalarga erishish
mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo‘ldan borilsa, kelajakda
kompyuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir
o‘quvchi yoki talabaga uning intellektual, emotsional va bilim
darajasiga muvofiq ravishda individual o‘quv dasturlari tuzib bera
olgan bo‘lar edilar. Misol sifatida tijoriy ko‘rinishdagi va Knewton
deb nomlangan o‘quv tizimini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu tizim onlayn kurslar yaratuvchilariga kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan
usullardan foydalangan holda talabaning konkret predmet bo‘yicha
o‘zlashtirishini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu yig‘ilgan
ma’lumotlar asosida Knewton har bir o‘quvchi-talaba uchun mos
keladigan unikal (noyob) dastur tuzib beradi. Talaba bilimining bo‘sh
va sayoz joylari nimalarda ekanligi, qanday ko‘rinishdagi o‘quv
materiallarini u yaxshi o‘zlashtirishini (matnni, audio yoki videoni),
endi u qaysi mavzuga o‘tgani ma’qulroqligini mahsus dasturlar
yordamida Knewton aniqlab bera oladi. O‘quv adabiyotlarini tayyorlab
beradigan eng katta nashriyotlardan biri Pearson matematika bo‘yicha
on-layn kurslar yaratish uchun Knewton dan foydalanayotgani ham
uning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligini ko‘rsatadi. Nashriyotning
maqsadi – qo‘llanmalarni o‘qish bilan bir vaqtda talabaning
muvaffaqiyatariga mos ravishda qaytadan tashkillana oladigan
interaktiv elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratish va ularni sotishni
yo‘lga qo‘yishdir. Knewton kompaniyasi o‘z ishlarini davom ettirish va
kengaytirish uchun Piter Til va Rid Xoffman kabi venchur
investorlardan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar olgan.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling