1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi
Kompyuter o‘yinlari orqali ta’lim berish
Download 152 Kb.
|
3-MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Codeacademy
Kompyuter o‘yinlari orqali ta’lim berish.
Faraz qilamiz – o‘quvchi restoranga keladi va smartfonini ochib, undagi Foursquare o‘yinini ochadi va unda o‘ynay boshlaydi. Biroz vaqtdan so‘ng u qandaydir natijalarga erishib, tegishli ochko va medal oladi. Bunga qiziqqan holda u o‘z o‘yinini yana davom ettiradi va diqqat qiling: u bu vaqtda o‘yinlar orqali beriladigan bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash o‘yin mexanikasidan o‘yin bo‘lmagan holatlarda ham foydalanish jarayoni geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon jahondagi ko‘pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Djeyn Makdonal o‘zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o‘yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o‘zgartira oladi?» deb nomlangan kitobida 2016 yillarga kelib, geymifikatsiya bozorining kattaligi 15 milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, ta’limga ham kirib borishini ko‘rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining bajarilgan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko‘rishi xossasiga asoslangan. Bunga ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o‘yinlarga nazar solish kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlanishlar keng yo‘lga qo‘yilgan. Zynga kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar pul ishlab olganini eslatish mumkin. Geymifikatsiya tarafdorlari o‘yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni kompyuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar o‘quvchi masalani to‘g‘ri yechgan bo‘lsa, uni yaxshi baho bilan taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har bir o‘quv yilining oxirida yaxshi o‘quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon o‘quvchilar esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko‘p zahiralar, mablag‘, vaqt va juda ko‘p sonli o‘qituvchilar talab qilingani tufayli geymifikatsiyani kompyuter dasturiy-texnik vositalari va Internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko‘rinishlarda yoki boshqacharoq tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar ekan. Misol sifatida dasturlash asoslarini o‘rganish bo‘yicha interaktiv kurslarni o‘z ichiga olgan Codeacademy ni ko‘rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga bo‘lingan bo‘lib, o‘quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o‘quv materiali uning yodida qolishiga va yaxshi o‘zlashtirishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda tuzilib, yil oxirida unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning taxminan chorak qismi kurslarning oxirigacha bora oldi. Codeacademy hozircha tekin, ammo kelajakda qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun pul ola boshlashi va iste’dodli dasturchilarni turli xil kompaniyalar uchun topib bera oladigan vositachi bo‘lib, yaxshigina pul topishi ham mumkin. Bu tizimning yaratuvchilari Kolumbiya universitetining bitiruvchilari bo‘lib, ular Union Square Ventures va CrunchFund kompaniyalaridan uch million dollar atrofidagi investitsiyalarni jalb qila olganlar. Khan Academy da esa geymifikatsiya saytning ishlash mantiqiga chuqur joylashtirib qo‘yilgan. Bu akademiyada misollarni yechganlik uchun beriladigan beydjiklardan tashqari, har bir mavzu uchun o‘quvchining bilim darajasi ko‘rsatiladi va buning asosida sinfning reytingi chiqariladi. Bu esa sinfdagi (guruhdagi) o‘quvchilar orasida o‘zaro sog‘lom raqobatning vujudga kelishiga yordam beradi. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling