1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi


Download 152 Kb.
bet11/18
Sana18.02.2023
Hajmi152 Kb.
#1212812
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
3-MA`RUZA

Bilim olish – asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay
olish, tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish,
tuzilishini bilish va ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.
Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish,
tasvirlash va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay
olish natijasida erishiladi.
Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda
qo‘llash (ishlatish, yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish,
oldindan bashorat qilish, biror–bir muammoni hal qilish) ni o‘z ichiga
qamrab oladi.
Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni
aniqlash va ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni,
hodisani, mashinani, ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy
qismlarga) bo‘lib chiqish va ularning har birining vazifasini tushunib
chiqish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga yo‘nalishida
tahlil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash, bir–
biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish,
guruhlarga ajratish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib
chiqish).
Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir
qancha qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning hossalaridan
foydalangan holda tashkil qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish,
kombinasiyalash, yangi fikr yaratish, yangi farazlarni taklif qilish),
ularni sinashni amalga oshirish va natijalar asosida yangi yechimlarni
mavjudlariga raqobatchi (konkurent) sifatida ishlab chiqish.
Baholash – erishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki
yechim topish (baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab
va oqibat zanjiridagi aloqalarini aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni
aniqlash).
Ushbu qo‘llanmada ta’lim sohasidagi jahon adabiyotida mavjud
bo‘lgan va atroflicha o‘rganilgan hamda ko‘pchilik ilg‘or o‘qituvchilar
tomonidan real hayotga tatbiq qilinib, qoniqarli natijalar olingan huddi
shu yoki shunga o‘xshash usullarga, texnologiyalarga, maslahatlarga
va ko‘rsatmalarga tayanildi. Ularni hayotga tadbiq qilish yo‘llari va
usullarini olingan hayotiy tajribalar asosida baholi-qudrat yoritildi.
Chunki bizning istak va talabimizga umuman bog‘liq bo‘lmagan holda
Blumning bu usuli hozircha mag‘ribda ham, mashriqda ham bilim
olishning (berishning, o‘zlashtirishning) eng yaxshi usullaridan biri
bo‘lib hizmat qilmoqda. O‘quvchi (talaba)lar ushbu zamonaviy ta’lim
usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to‘laqonli saboq olishlari va
fanni tegishli bosqichda yaxshi (a’lo) o‘zlashtirishlari uchun ular
gimnaziya (maktab, litsey, kollej) dasturi hajmida hamda
o‘rganilayotgan fan haqidagi bir qism tayanch bilimlarga ega
bo‘lishlari lozim. Ya’ni, iqtisodiyot asoslari, matematika, fizika, ona
tili va adabiyot, tarix kabi maktab dasturiga oid fundamental bilimlarni
puxta o‘zlashtirib olishlari lozim. Chunki fundamental bilim doirasiga
ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lib, u bilan qandaydir
bir soha haqida fikr almashinish va uning dunyoqarashini (bilim
doirasini) tegishli yo‘nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin. Agar
bunga ba’zi bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra imkoniyat
bo‘lmasa, o‘quvchi (talabalarni) fundamental yo‘nalishlarning tegishli
sohalarida boshlang‘ich tayyorlash va ularga lozim bo‘lgan bilimlar
majmuasini berish zarur bo‘ladi. Masalan, universitetda iqtisodiyot
bo‘yicha dars o‘tilishi kerak bo‘lsa, ularning maktab dasturi doirasida
nimalarni o‘zlashtirganlari, qaysi yo‘nalishga ko‘proq ahamiyat
berilganligi, qaysi yo‘nalishlar esa nazardan chetda qolganini aniqlab
olish iqtisodiy ta’lim berishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Agar
talabalar bu aniqlash (o‘rganish) natijasida mos guruhlarga bo‘linib,
maqsadli o‘qitilsa, natijalar yana ham ko‘zga ko‘rinarli bo‘lishi
mumkin. Samarali ta’lim muhitini yaratish rejalashtirilgan holatda
(muhitda) guruhdagi talabalar bilan bevosita munozara va faol fikr
almashinishni amalga oshirilganda uni yanada samarali qilish uchun
quyidagilarga ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir:
a) Tinglovchilardan qanday javoblar kutayotganingizni o‘z
so‘zlaringiz, jonli misollaringiz va boshqa usullar bilan bildirishingiz
talab qilinishi mumkin. Ko‘pincha talabalar Siz bergan savollarga
qisqa, lo‘nda, yaxshi o‘ylanmagan, sayoz va mavhum javoblar bersa,
Siz bundan to‘g‘ri hulosa chiqarib olishingiz hamda mashg‘ulotni
keraqli yo‘nalishga burib yuborish uchun harakat qilishingiz lozim
bo‘ladi.
b) Ba’zi paytlarda Sizga munozara yo‘nalishini yana
o‘rganilayotgan matnga (faktga, hodisaga, qoidaga) qaratishingiz ham
zarur bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol munozara butunlay boshqa mavzu
tomonga burilib va o‘zgarib ketgan holatlarda kerak bo‘ladi.
c) Tinglovchilarga o‘quvchilarda har bir masala bo‘yicha xilma–
xil javoblar (fikrlar, munosabatlar) mavjud bo‘lishiga hurmat uyg‘otish
ham munozarani jonli ravishda rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bu hol talabalarning tajribalari, hayotiy ko‘nikmalari va
qiziqishlari xilma–xil bo‘lgani uchun tabiiy ravishda yuzaga keladi.
Bunda ularning kutilmagan «noan’anaviy» savollariga undov berish va
ularni ijobiy/ijodiy jihatdan muhokama qilish hamda keraqli
yo‘nalishda rivojlantirish yaxshi natijalarga olib keladi.
d)Tinglovchilar/talabalarning javoblarini «to‘g‘rilash» ga
urinish ko‘pincha yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu ularni boshqalar
oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ularning
javoblarini amaliy tajribasini hisobga olgan holda nazardan kechirsak,
bundan o‘ziga hos bir ma’no topishimiz mumkin, albatta. Har qanday
javobni ham qo‘llab–quvvatlab, uning yaxshi tomonlarini, ratsional
mag’zini topa olish va buni o‘quvchilarga ko‘rsatish ularda o‘z–o‘ziga
ishonch uyg‘otadi hamda ularning fikrlash jarayonini faollashtiradi.
Bunda «Ishlagan odam yanglishadi» deb ba’zi o‘quvchi/talabalarga
tasalli berish ham ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling