1 Innovatsiyalarning mohiyati, turlari va ularning tasnifi


innovatsion faoliyat sub`ektlari va innovasiyalarni rivojlantirish


Download 0.63 Mb.
bet5/8
Sana11.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1666433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Innovatsiya va innovatsion foaliyat

2 innovatsion faoliyat sub`ektlari va innovasiyalarni rivojlantirish.

  • 2 innovatsion faoliyat sub`ektlari va innovasiyalarni rivojlantirish.
  • Investitsiya loyixasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish kuvvati va boshka sifat kursatkichlarini kuchaytirish maksadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish buyicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyixasini tayyorlash va amalga oshirish kuyidagilarni uz ichiga oladi:
  • Investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish;
  • G‘oyaning dastlabki asoslanishi;
  • Loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
  • Sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
  • Investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
  • Axborot memorandumini tayyorlash.
  • Yuqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyihani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion muljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug`iladi.
  • Investitsiyalar avvaldan o‘ylab ko‘rilgan maqsad va birinchi o‘rinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.
  • Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baxolanadi xamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida xal kilinishi lozim bo‘lgan chetga og‘ish va kamchiliklar aniqlanadi.

3.Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati.

  • 3.Iqtisodiy samaradorlik. Investitsiyalarning qoplanish muddati.
  • Samaradorlik – muhim o‘lchov birlikdir.
  • Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat harajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
  • Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir.
  • Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad hajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi.
  • Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda harajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan harajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling