Tayanch iboralar: Naflik, naflik funktsiyasi, chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni, befarqlik chizig`i, byudjet chizig`i, chekli almashtirish normasi, iste`molchi muvozanati.
Takrorlash uchun savollar:
Iste`molchining tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?
Chekli naflikning mazmuni.
Chekli naflikning kamayish qonuni va unga misollar keltiring.
Befarqlik egri chizig`i nimani ifodalaydi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Ғуломов С.С., Алимов Р.Х, Салимов Б.Т., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Микроиқтисодиёт: Дарслик.-Т.:Шарқ–МАТБАА АК бош тахририяти, 2001 й.
2. Низомов А.Б., Намозова Н.Ж., Амонов Ў.Н. Микроиқтисод. Ўқув қўлланма -Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2003 й.
3. Salimov B.T., Muxitdinova U.I., Mustafaqulov Sh.I., Salimov B. B. Mikroiqtisodiyot. Darslik. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti. 2005 y.
4. Нуреев Р.М. Курс микроэкономики. Учебник. Москва. Норма-2007 г.
6-MA`RUZA. DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI
Reja:
1. “Daromad-iste`mol” chizig`i
2. “Narx-iste`mol” chizig`i
3. Bozor talabi
1. “Daromad-iste`mol” chizig`i
Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne`matlar narxi bir xil o`zgarganda ham sodir bo`ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o`sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig`i pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning o`sishi natijasida byudjet chizig`i holatlarga ketma-ket siljiydi (8.1-rasm).
Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste`molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks “daromad-iste`mol” chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi” chizig`i deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |