1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari


-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari3


Download 284.75 Kb.
bet2/2
Sana17.09.2023
Hajmi284.75 Kb.
#1680173
1   2
Bog'liq
19 bob 1 Mavzu 1 Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish

19.3-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari3
Iqtisodiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslangan holda iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini keltirish mumkin (19.4-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shartsharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi.
Balans usuli – muayyan maqsadlarga erishishda mavjud resurslar va ulardan foydalanish miqdorlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash asosida muvozanatlikni o‘rnatishga qaratilgan usullar majmui. Bunda balanslar tizimidan foydalanilib, u o‘z ichiga moddiy (natural), qiymat (pul) va ishchi kuchi balanslarini oladi. Balans usulini qullash orqali umumiqtisodiy, hududiy, tarmoqlararo va ishlab chiqarish ichidagi muvozanatliklarning o‘rnatilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi ta’minlanadi.

19.4-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lish shakllari


Tarmoqlararo balans – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini tavsiflovchi iqtisodiymatematik model bo‘lib, uning yordamida tarmoq va tarmoqlararo kesimda asosiy takror ishlab chiqarish nisbatlarining batafsil detallashtirilishi ta’minlanadi.
To‘lov balansi – ma’lum davr davomida muayyan mamlakatdagi pul tushumlari bilan chet mamlakatlarga barcha pul to‘lovlari o‘rtasidagi tenglikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. To‘lov balansida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli ko‘rinishlari – tashqi savdo, kapital migratsiyasi, litsenziyalar savdosi, transport, turizm, xususiy shaxslar pul o‘tkazmalari va h.k. bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z ifodasini topadi.
Ishchi kuchi resurslari balansi – mavjud ishchi kuchi resurslari va ulardan foydalanishning tengligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mazkur balans iqtisodiyotning mutanosib rivojlanishini ta’minlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab hamda uni qondirish manbalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi – zaruriy mahsulotni pul ko‘rinishini olgan asosiy qismining xarakatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Balansning mazkur turi to‘lovga qodir talab va tovarlar taklifi, chakana tovar aylanmasi, puli xizmatlar hajmi va aholi omonatlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, O‘zbekistonda so‘nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari va tomonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rib chiqqanimizda yanada oydinlashadi.


1 Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник / Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003. – С.504.

2 Shodmonov E. Mamlakatni modеrnizatsiyalash jarayonida iqtisodiyotni muvozanatli va mutanosibli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisod-moliya, 2010. 13 b.

3 Muallif tomonidan tuzilgan.

Download 284.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling