4-mavzu. Bozor iqtisodiyoti va o`zbekistonning unga o`tish tamoyillari


Download 104.3 Kb.
bet1/10
Sana15.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1202774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

4-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI VA O`ZBEKISTONNING UNGA O`TISH TAMOYILLARI


Reja:
1. Bozor iqtisodiyoti, uning mohiyati va mazmuni
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


4. O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoyillari



4.1. Bozor iqtisodiyoti, uning mohiyati va mazmuni
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishining umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z-o`zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta`minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo`lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo`nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo`jaligi sub`ektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub`ektlarini qamrab oladi. Shuni ham e`tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o`rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo`lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo`yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub`ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o`z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste`molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo`jaligining barcha asosiy sub`ektlari uchta guruhga bo`linadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling