4-mavzu. Bozor iqtisodiyoti va o`zbekistonning unga o`tish tamoyillari
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo`qligi
Download 104.3 Kb.
|
4-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo`qligi;- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko`maklashuvning yo`qligi; - rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayish holatlarining mavjudligi. Shuningdek, 2008 yil AQShda ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko`plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko`p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta`siri bilan bog’liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o`zini-o`zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e`tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro`y berishiga olib keldi. O`zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e`tibor qaratilib, zarur bo`lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo`llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o`zini to`la oqladi1. 4.4. O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoyillari Bozor iqtisodiyotining oldingi mavzularda tilga olingan belgilari uzoq davr davomida shakllanib, pirovard natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi. Bunda bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari (modellari) xilma-xil bo`lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha yo`llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy modelga bo`linadi: I. Rivojlangan mamlakatlar yo`li; II. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo`li; III. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo`li. Bu yo`llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o`tishni maqsad qilib qo`yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko`p jihatdan umumiy bo`ladi. Shu bilan birga har bir yo`lning o`ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo`lishidan kelib chiqadi. «Bizning bozor munosabatlariga o`tish modelimiz Respublikaning o`ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an`analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o`tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso`naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi», deb yozadi mamlakatimiz birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov. O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy-yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga aynan mamlakatimiz birinchi Prezidenti marhum I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. Download 104.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling