4-mavzu. Bozor iqtisodiyoti va o`zbekistonning unga o`tish tamoyillari


Download 104.3 Kb.
bet9/10
Sana15.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1202774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Bozor sub`ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisidir.
Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat ko`rsatuvchi asosiy tarkibiy birlikdir.
Tadbirkorlik sektori – iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo`g’inidir.
Davlat sektori – o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalari majmuidir.
Bank – iqtisodiyotning me`yorda amal qilishi uchun zarur bo`lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir.
Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to`lash sharti bilan qarzga berish bo`yicha oldi-sotdi munosabatidir.
Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko`rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, veksel’, chek, depozit kabilar)ning oldi-sotdi munosabatidir.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasidir.
Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shaklidir.
Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo`yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shaklidir.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo`yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozor shaklidir.
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o`rtasidagi ishchi kuchining oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro`yxatga oluvchi muassasadir.
Broker (makler)bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmadir.
Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasidir.

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling