4-mavzu. Bozor iqtisodiyoti va o`zbekistonning unga o`tish tamoyillari


Download 104.3 Kb.
bet8/10
Sana15.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1202774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Xulosalar

  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlari sub`ektlari o`zaro bog’liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo`ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o`z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko`rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o`z rivojlanishining tabiiy-evolyutsion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  4. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo`lib, birlashgan, o`zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o`z ichiga oladi.

  5. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko`mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  6. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo`lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o`z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.

Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyotitovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta`minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o`rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo`ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor ob`ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling