1. Iqtisodiy sikl nima va ularning qanday asosiy turlarini hamda fazalarini bilasiz
Download 18 Kb.
|
Maxliyo Oraliq
2. Valyuta pozitsiyasi
Milliy valuta tizimi quyidagi elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi: — milliy valuta; — milliy valutaning alm ashinish rejimi; — milliy valuta pariteti; — milliy valuta kurs rejimi; — valuta cheklovlari holati; — mamlakatning xalqaro valutaviy likvidligini tartibga solish; — milliy valuta bozorida operatsiyalarni yuritish tartibi. Jahon valuta tizim iga esa quyidagi elementlar kiradi: — xalqaro to‘lov vositasi; — valuta kurslarini belgilash va saqlab turish mexanizmi; — valutalarni konvertatsiyalash shartlari; valutaviy cheklashlarni davlatlararo tartibga solish; — xalqaro valutaviy likvidlikni ta’m inlash va tartibga solish; — xalqaro hisob-kitob shakllarini um um lashtirish; — oltin va valuta bozorlarida ishlash rejimlari; — valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo institutlarning huquq va majburiyatlari. Jahon valuta tizim i rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan om illar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: — mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi; — xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi; — jahon bozori rivojlanish darajasi; — xo‘jalik yuritishning tizim lari rivojlanish darajasi Jahon valuta tizimining samarali hamda barqaror faoliyat ko‘rsatishi uning jahon xo‘jaligi tuzilm asi va holatiga muvofiqlik darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro moliyaviy muhitda yuzaga kelgan bir qator o‘zgarishlar ham da mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ta’siri natijasida jahon valuta tizim ining amal qilish tamoyillari ham o‘zgardi. Jahon valuta tizim i rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi: — Parij valuta tizimi (1867—1914-y.y.); — Genuya valuta tizimi (1922—1929-y.y); — Bretton-Vuds valuta tizim i (1945—1976-y.y.); — Yamayka valuta tizimi (1976-yildan hozirgi davrgacha). Valuta kursi (exchange rate) biramlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi. Valuta yoki ayirboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqaro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valuta kursi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Respublikada « 0 ‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi (21.12.1995-y.), «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi (11.12.2003-y.), «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (25.04.1996-y.) 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari,Markaziy bankning valuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy asos bolib xizmat qiladi. Download 18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling