Mavzu bo’yicha tayanch iboralar.
O’z mablag’lari va uzoq muddatli qarz mablag’larini uluShi.
O’z oborot mablag’lari bilan ta’minlanish darajasi.
Moliyaviy barkarorlikni mutloq summalarda aniqlanishi:
mutloq barkaror
barkarorlik normal darajada
barkarorlik nobarkaror
krizis holati.
Nazorat savollari:
Хususiy kapital to’g’risida tushuncha va uni tahlil etish maqsadi.
Хususiy kapitalni tarkibi, ttuzilishi va yil boshiga nisbatan o’zgarish sabablari.
Valyuta mablag’lari harakatini tahlil etish tartbi.
Ishlab chiqarish zaхiralari holatini tahlil etish uslubi.
Korхona ishlab chiqarish quvvatlari.
Ishlab chiqarish zaхiralari holatini tahlil etish uslubi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari
2.Abdullaev A, Qayumov I, Ergashev A ,,Buxgalteriya hisobi nazariyasi’’T.;’’O`qituvchi’’ NMIU2009y.
3.Norbekov D, NurmonovU.’’Iqtisodiy tahlil’’T.;’’Iqtisod-moliya’’,2006 y.
4.Ostonaq’ulov’’Byudjet hisobi’’T.;2008y.
5.Ro`zimetov B.’’Tannarx kalkuiyasiyasi’’T.;’’Ilm ziyo’’2006 y.
6.www.ZiyoNet.uz
7.www.tfi.uz
8.www
SAVDO TASHKILOTLARIDA TOVAR AYLANMASINING TAHLILI
Mavzu №28. Savdo tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilishning mohiyati , ahamiyati va vazifalari. Chakana va ulgurji tovar aylanmasining tahlili.
Reja:
Tahlilning maqsadi va vazifalari
Savdo tashkilotlari tovar oboroti rejasining bajarilishi tahlili
Savdo tashkilotlarida tovar balansining tahlili
Savdo tashkilotlarida ulgurji va chakana savdo alohida o`rinni egallaydi. Uning asosiy vazifalaridan biri tovarlarni ishlab chiqarishdan ulgurji savdo bazalari omborlariga, omborlardan iste`molchilarga yetkazib beriladi. Ulgurji savdo korxonalari tovarlar ishlab chiqariladigan va iste`mol qilinadigan tumanlarni o`zaro bog`lab, aholining to`xtovsiz o`zgarib, o`sib borayotgan talablari vaqtida bajarilishini ta`minlaydi.
Savdo xo`jalik faoliyatining asosiy ko`rsatkichi bo`lib, tovar oboroti hisoblanadi. Tovar oboroti deganda, hisobot davri davomida sotilgan jami tovarlarning hajmi tushiniladi. Tovar aylanmasi joriy va taqqoslama baholarda hisoblanadi, bu ko`rsatkich savdo korxonasi faoliyatining hajmi to`g`risida umumiy tushunchani beradi.
Savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy ko`rsatkichlari savdo oboroti hajmi bilan bevosita bog`liqdir. Savdo oborotining hajmiga bog`liq bo`lgan asosiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
muomala xarajatlari hajmi va darajasi, yalpi daromad darajasi va hajmi, foyda hajmi, rentabellik darajasi hamda moliyaviy ahvolini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlar darajasi va boshqa iqtisodiy ko`rsatkichlardir.
Tovar oboroti sotish turlari bo`yicha 3 ga bo`linadi:
ulgurji savdo
mayda ulgurji savdo
chakana savdo
Tovar oboroti hajmining o`zgarishi bir necha omillar ta`siri ostida yuzaga keladi. Shunday omillardan biri bo`lib tovar balansi hisoblanadi. Tovar balansi ko`rsatkichlarining o`zgarishi tovar aylanmasiga bevosita ta`sir etuvchi omildir. Tovar balansining shakli quyidagicha ifodalanadi:
T1+TK=TO+Tch+T2
T1-yil boshidagi zaxira tovarlar qoldig`i
T2-yil oxiridagi zaxira tovarlar qoldig`i
TK-tovarlar kirimi
TO-sotilgan tovarlar
Tch-tovarlarning har xil chiqimi
Do'stlaringiz bilan baham: |