1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


)Marks va Eng Iqtisodiy goyalarini va ularning inqirozi


Download 130.31 Kb.
bet24/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org

34)Marks va Eng Iqtisodiy goyalarini va ularning inqirozi
K.Marks 1845-1848 yillari Bryuselda bo‘ldi. O‘sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, uning bilan birga «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn Gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. K.Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning mashhur asari «Kapitalda» berilgan. Uning bu asari to‘rt tomdan iborat bo‘lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 1894 yil) chop etildi. To‘rtinchi tom tugatilmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapitalning» birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomida bir butun olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi.

35)Karksning Kapital asari
U o‘zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib yozadi. Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning mashhur asari «Kapitalda» berilgan. Uning bu asari to‘rt tomdan iborat bo‘lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 1894 yil) chop etildi. To‘rtinchi tom tugatilmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapitalning» birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomida bir butun olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‘rtinchi tom («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ishlangan. K.Marks «Kapital»ga yozgan so‘z boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati», ya’ni kapitalistik burjua jamiyati «harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir» – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo‘lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko‘rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi.



Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling