17) Merkantalizmning paydo bölishi Sharuffi Antonio Serra
Natural xoʼjalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha boʼlgan tarixiy davrni oʼz ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy adabiyotda, odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» soʼzidan kelib chiqqan – savdogar maʼnosini anglatadi), bu bozor (kapitalistik) iqtisodiyotiga boʼlgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir. XV-XVII asrlarda merkantilizm gʼoyalari (pul toʼplash siyosati, protektsionizm, xoʼjalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Frantsiyada bu gʼoya XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya ministri Kolьber tomonidan rivojlantirildi. Frantsiyada sudxoʼrlikning rivojlanishi shu siyosat bilan chambarchas bogʼliq, uning taʼsiri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (А.Serra) bu taʼlimotni keng tadqiq etdilar. Аgar inglizlarda bu taʼlimot koʼproq «savdo» bilan bogʼliq boʼlsa, italiyaliklarda u koʼproq «pul», «chaqa» shaklida namoyon boʼlgan. Germaniyada merkantilizm kameralistika shaklida boʼlib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqtisodiy doktrina edi. Dastlabki merkantilizm bankiri Gaspar Skaruffi ( Kaspar Skaruffi, 1519-1584) vakili 1582 yilda "Tanganing aksi va oltin va kumush o'rtasidagi haqiqiy nisbat" deb nomlangan pul muomalasi to'g'risida esse nashr etdi. O'sha paytda G'arbiy Evropa mamlakatlarida bimetalizm mavjud edi va ko'plab pul tizimlari uchun yagona yo'l yo'q edi. Scaruffi o'sha paytlarda xalqaro miqyosda pul muomalasini o'rnatish uchun papa yoki imperator boshchiligida umumevropa konferentsiyasini chaqirish bo'yicha ulkan loyihani taklif qildi. U Italiyada banklarga xalqaro bankirlar rolini taklif qilib, Evropada yagona pul tizimini joriy etish g'oyasini ilgari surdi. Shu bilan birga, Scaruffi oltin va kumush narxlarining ma'lum bir nisbatini (ularni oddiy tovar sifatida ko'rib chiqish) 1:12 nisbatida o'rnatishni rejalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |