1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


U petti birinchi profissional iqtisodchi


Download 130.31 Kb.
bet12/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org

20. U petti birinchi profissional iqtisodchi
P.Buagilьber (Frantsiya) asarlarida yaratildi.
Vilьyam Petti (1623-1687) Romsi shahrida tugʼilgan, Аngliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisidir. Koʼpchilik bu olimning iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har tomonlama va yuksak bilimli inson boʼlgan. U mayda hunarmand-matochi oilasida tugʼildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida meditsina sohasida tahsil koʼrdi. U juda keng qobiliyatli talaba boʼlgan, 1647 yilda nusxa koʼchiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda fizika doktori ilmiy darajasiga ega boʼldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti shu bilan birga yirik yer egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer egasi) sulolasining asoschisi boʼlib qoldi. 1652 yilda Kromvelь hukumatining topshirigiga koʼra Irlandiyaning «er obzori» (kadastri)ni oʼtkazdi. U XVII asrdagi Аngliya burjua inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini, yaʼni xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha yoʼllar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jihatdan minimum haq toʼlash va shu bilan birga yangi sinfning boyishiga yordam berishni qoʼlladi. U mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiyasini yoqlab chiqdi. Xuddi shuningdek, Аngliyaning mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V.Petti kapitalga soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u mehnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bagʼishlangan «Soliqlar va yigʼimlar toʼgʼrisida risola» (1662y.), «Soʼz donishmandlarga» (1665y.), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672y.), «Siyosiy arifmetika» (1683y.) va boshqa shu kabi asarlarni yozdi.V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlarning taʼsiri ancha kuchli boʼlgan, ammo keyingi «Pul toʼgʼrisida bir necha ogʼiz soʼz» (1682y.) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qoʼlladi, ammo bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda boʼlgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va oʼzgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan xulosaga keldi. «Baʼzi odamlarning boshqasidan koʼproq qashshoqligi doim boʼlgan va doim boʼladi» degan edi u. Аmmo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol printsipidir, yer esa uning onasidir» degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu gʼoyaning shunisi toʼgʼriki, mehnat boylikning yakkayu-yagona manbai emas, chunki gap moddiy boylik, isteʼmol qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo toʼgʼri qoida tovarning qiymatiga ham xato ravishda nooʼrin qoʼllaniladi. Shunday qilib, V.Petti oʼzining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi ularoq, qiymat manbai sifatida mehnat bilan birga tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u isteʼmol qiymati manbai sifatida ham, qiymat manbai sifatida ham bir xil gavdalangan.


Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling