1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


)Rikardoning iqtisodiy talimotlar


Download 130.31 Kb.
bet20/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org

29)Rikardoning iqtisodiy talimotlar
Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rolь oʼynadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy toʼzilishi uning iqtisodiy faoliyatida xal qiluvchi oʼrinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «er mahsuloti» (yaʼni milliy daromad va milliy boylik)ni uch asosiy sinf oʼrtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutugʼi edi, ammo uning xatosi shuki, u taqsimot usulini moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish usuli bilan bogʼliq qilib qoʼygan. U mantiqiy abstraktsiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa ilmiy deduktsiyani keng qoʼlladi. U oʼz kontseptsiyasi asosiga qiymat qonunini, yaʼni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni quydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshka iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini oʼrgandi. Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli deb oʼylagan. Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qoʼllashda katta qiyinchilikka uchradi. Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta hissa qoʼshdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga eʼtibor berdi. Rikardo yagona iqtisodiy kontseptsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti toʼgʼrisida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Millь bilan doʼstona munosabatda boʼlgan.
Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini toʼlaroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran boʼlib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi toʼgʼrisida uch xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bagʼishlandi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi. Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga boʼlgan past bahoning kapital foydasiga boʼlgan taʼsiri toʼgʼrisidagi tajriba» nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo loʼnda tarzda bayon etilgan.

Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling