1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
)Leninning sotsializm planining amalgam oshirilishi inqirozi
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32 )3 omil nazariyasi SEY qonuni
36)Leninning sotsializm planining amalgam oshirilishi inqirozi
V.I.Lenin kommunistik formastiyaning kuyi va yukori fazalari, ularning umumiy tomonlari xamda farklarini yoritishga katta e’tibor bergan. Umuman, Leninning goyalari SSSRda sostializm kurishga nazariy asos bulib xisoblangan. Shu bilan birga bu goyalarni Stalin, Buxarin, KPSS materiallarida rivojlantirishga xarakat kilganlar. Umuman olganda, Lenin goyalari asosan notugri ekanligini xayot kursatdi. 80 - 90 yillarga kelib sostialistik sistema bulinib ketdi, SSSR parchalanib ketdi, uning urnida tashkil topgan davlatlarning xammasida xususiy mulkchilikka, bozorga asoslangan jamiyat kurishga xarakat kilinyapti. 20 yillarda SSSRda iktisodiy nazariyada eng asosiy muammo yakka olingan bir mamlakatda sostializm kurib buladimi yoki yukmi masalasi edi. Chunki, kommunistlar xukumatda bulgan yagona davlat SSSR edi. Germaniya, Vengriyada ishchilarning chikishi bostirildi. Lenin va uning safdoshlari kutgandek jaxon revolyustiyasi sodir bulmadi. Lenin va leninchilar yakka olingan davlatda sostializm kurib buladi, Troykiy va trostkiychilar esa kurib bulmaydi, deb xisoblar edilar. 32 )3 omil nazariyasi SEY qonuni Mamlakatda ishlab chiqarilgan jami mahsulotning (tovar va xizmatlaming) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlaming ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili) degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlami ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shiIgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklaming taqsimlanishi» nomli asarida Yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ulaming har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi. Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat: a) kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat) ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi; b) Yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi. Ammo bu g‘oyalaming kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. 1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovaming ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o'tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini tushunib yeta olmaydilar va binobarin ko‘rsatib berolmaganlar. 2. Klark tomonidan Yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. 3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda Yaratilgan boylik, to'g'rirog^i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan keyin qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi. Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko‘rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini tushuna olmadilar. Ikkinchidan, ulaming Yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zamr degan g‘oyalari mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, bunday holatda mahsulotni ko‘paytirishga ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hech qanday qiziqish bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Sovet Ittifoqida mahsulot va daromadlar davlat qo‘lida bo‘lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo‘ldi. Lekin bu g‘oya va uning talablari amalda bajarilmadi. Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalami hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, Yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz: a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlami taqsimlashham doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki mavjud bo‘lgan sharoitda Yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlaming bir qismi albatta umumjamiyat umumdavlat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi; b) milliy mahsulotdan eng awalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog‘i, takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borish uchun amortizatsiya va sarflangan boshqa moddiy vositalar summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir; v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalaming ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda 2to‘xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalami himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi; g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sogiiqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshirilib, davlat byudjetiga tushuriladi va u yerda qayta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi). Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling