1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


) Maltusning iqtisodiy qarashlari


Download 130.31 Kb.
bet22/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org

33) Maltusning iqtisodiy qarashlari
Malьtusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga xech ham bogʼliq emas; bu jarayon «tabiiy qonunlar va insoniy xirs» tabiatning nochorligi va insoniyatning favkulodda tez koʼpayishi bilan bogʼliqdir. Shu sababli xalq oʼz azob-uqubatlari uchun oʼzini oʼzi ayblashi kerak». Uni toʼgʼrilashga xech qanday inqilob va sotsial islohotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bir toʼgʼri yoʼl bor - bu aholi sonini qisqartirish. Oʼta koʼpayishning oldini olish vositasi, chorasi sifatida «ahloqiy chidam» (kambagʼallar nikohdan oʼzlarini tiyishlari, kech turmush qurishlari), ogʼir mehnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik, qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) taklif etiladi. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Malьtus demografiya muammolari toʼgʼrisida birinchilardan boʼlib fikr yuritgan boʼlmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo boʼyicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Аristotelь (m.a. 384-322) «Siyosat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya boʼladiki, aholi meʼyordan koʼp boʼlsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. T. Malьtus U nikoh toʼgʼrisida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand qurish taqiqlangan, uningcha aholi koʼpligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi.

33 ) Marks iqtisodiy tadqiqotlari uslubi
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning g‘oyalari ko‘pincha bevosita iqtisodiy
muammolar doirasidan chiqqan holda, falsafiy, sotsialogik va siyosiy muammolar bilan qo‘shilib ketadi. K.Marks 1818 yil 5 mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‘ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo‘lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo‘lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamom qilgandan keyin, dastlab Bonndagi, so‘ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarini, hammadan ko‘proq tarix va falsafani o‘rgandi. 1841 yilda Epikur falsafasi to‘g‘risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842 yili K.Marks Bonnga ko‘chib keldi va shu yilning oktyabrida «Reyn Gazetasi»ning bosh muxarriri bo‘ldi va Bonndan Kyolnga ko‘chib o‘tdi. 1843 yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo‘ldi: u muxarrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‘chib o‘tdi. Keyingi ikki yil (1844-1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani va sotsialogiyani chuqur o‘rganishning boshlanish davri bo‘ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‘stlashdi. K.Marks 1845-1848 yillari Bryuselda bo‘ldi. O‘sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, uning bilan birga «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn Gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi.

Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling