1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
)Sovet iqtisodchilari goyalari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38) 30-60 yillarda kamunizm goyalari va uning inqirozi
- 39) Keynsning asosiy goyalari keynschilik
37)Sovet iqtisodchilari goyalari
Sostialistik industriyalashtirishning xususiyatlari: - xarbiy yunalishga ega, fakat ogir sanoatga e’tibor berish, ozik-ovkat va engil sanoatga e’tibor kam (rivojlangan mamlakatlarda shu soxalardan boshlangan),industriyalashtirish uchun mablagni xunarmandchilik xamda kishlok xujaligidagi bor daromadni tortib olishga karatilgan, avlodlar yaratgan boylikni sovurib chet el stanoklari sotib olish.Sostialistik industriyalashtirishning xususiyatlari: - Leninning yerni nastionalizastiya qilish to’grisidagi ta’limoti keyinchalik sovet tuzumini qurishga katta rol o’ynagan. Marks davridagi kapitalizmdan ancha fark kilar edi – ishlab chikaruvchi kuchlar yukorirok darajaga kutarilgan, yangi-yangi sanoat tarmoklari (ximiya, neft, elektrotexnika, avtomobil, aviastiya) paydo bulgan, ishlab chikarish konstentrastiya darajasi ancha usgan, yirik monopoliyalar kelib chikkan edi. 38) 30-60 yillarda kamunizm goyalari va uning inqirozi Buharin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda gʻalaba qozonishi (20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20sʼyezd (1956)da Nikita Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 sʼyezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sotsializm "toʻla va uzilkesil" gʻalaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat "kommunizm kurilishi avj oldirilgan" davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60-yillarning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya raxbarligida Leonid Brejnev boshchiligidagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. 39) Keynsning asosiy goyalari keynschilik ХХ asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli koʼpgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy gʼoyalar soni koʼpaydi. Аna shunday yoʼnalishning yorqin tarafdori boʼlib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi boʼlgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan taʼlim oldi, А.Marshall qoʼlida oʼqidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda oʼqituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri boʼlib ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versalь tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida koʼpchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik toʼgʼrisidagi risola» (1921), «Pul islohoti toʼgʼrisida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul toʼgʼrisidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi.J.M.Keyns gʼoyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz. Keyns taʼlimoti ayniqsa АQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu gʼoyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan toʼliq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan toʼldirildi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling