1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
) Sanoat revolutsiyasi va uning oqibatlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28)David Ricardo hayoti va faoliyati
27) Sanoat revolutsiyasi va uning oqibatlari
Аngliyada boshlangan sanoat toʼntarilishi kapitalizmning manufaktura ishlab chiqarishdan mashina ishlab chiqarishiga oʼtishini bildirdi. Bu toʼntarish jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta taʼsir oʼtkazdi. Mehnatning kapitalga amalda buysunishi oʼzil-kesil nixoyasiga yetib sanoat toʼntarishi natijasida sanoat qishloq xoʼjaligidan butunlay ajralib chiqdi. Bunday oʼzgarish oʼz navbatida jamiyatdagi asosiy sinflar oʼrtasidagi ziddiyatlarni oshkor etib, ishchilar sinfining oʼz huquqlari uchun uyushib harakat qilishlariga asos soldi. Sanoat toʼntarishi davrida jamiyat taraqqiyotining yuqori pogʼonaga koʼtarilganligi shu davrda ijod qilgan olimlarning asarlaridagi nazariy tahlilning ancha chuqur darajasini ham belgilab berdi. Klassik iqtisodiy maktabning doimiy anʼanalarini davom ettirib, D.Rikardo oʼz asarlari va xulosalari bilan ushbu maktabni rivojlanishiga katta hissa qoʼshdi. D.Rikardo siyosiy iqtisodning bosh vazifasini oʼrtaga qoʼyar ekan uning uslubiyatini ham belgilaydi. Olimning fikricha hamma tadqiqotlar yagona asosga negizlanishi lozim. U qiymatni ish vaqti bilan belgilashni mana shunday yagona asos qilib oladi. Shuningdek boshqa iqtisodiy munosabatlar va kategoriyalar mana shu qiymat taʼrifiga toʼgʼrimi yoki zidmi degan savolga javob berishga harakat qiladi. D. Rikardo ishlab chiqarish jarayonidagi ichki bogʼliqliklarni tahlil qilishda ilmiy abstraktsiya usulidan keng foydalanadi. Barcha iqtisodiy kategoriyalarni qiymat negizida izohlashga intilish Rikardo taʼlimotining eng muhim xususiyatidir. Bir qancha iqtisodiy kategoriyalarni koʼrib chiqish vaqtida miqdoriy taxlilning ustunligi Rikardo usulining xususiyatidir. Olim kapitalizm rivojlanib borgan sayin chuqurlashgan va keskinlashgan bir qancha ziddiyatlarni ochib berib, ularni umuman insoniyat jamiyatining ziddiyatlari deb izohlaydi. U oʼz jamiyatining sinfiy ziddiyatlari asosini koʼrsatishga intilgan boʼlsa ham, ammo bu masalani oxirigacha yechib bera olmadi. 28)David Ricardo hayoti va faoliyati (18-aprel 1772-yil, London, Birlashgan Qirollik — 11-sentabr 1823-yil, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23-yillarda Angliya parlamentining aʼzosi.[1][2] Rikardoning hayoti va faoliyati Ricardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Ricardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Ricardo „Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari“ (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Ricardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Ricardo renta nazariyasini asoslab berdi. Ricardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. Ricardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling