1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
) Adam smitning hayoti va faoliyati
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
24) Adam smitning hayoti va faoliyati
Аdam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida taʼlim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham oʼrgandi. А.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar oʼqiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. А.Smit 1759 yilda oʼqigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bagʼishlangan oʼzining birinchi «Аhloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi boʼlishiga Glazgodagi oʼziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan doʼst boʼlganligi taʼsir etdi. Аmmo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi boʼlib keldi (gertsog Baklyu). Oʼz tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa boʼylab sayohatga chiqdi, Shveytsariyada Volьter, Frantsiyada Didro, fiziokratlar F.Kene va А.Tyurgo, D`Аlamber, Gelьvetsiy, Golьbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta taʼsir qildi. U 1766 yilda oʼz yurtiga qaytdi va oʼzining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʼgʼrisidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Аsarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy printsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. А.Smitning bu asari besh kitobdan iborat boʼlib, birinchisida qiymat va qoʼshimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamgʼarilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, toʼrtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning taʼlimotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar А.Smit tirikligidagi davrda toʼrt marta, oʼlimidan keyin asr oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Аngliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling