1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


) A smitning metodologiyasi va Xalqlar boyligi asari


Download 130.31 Kb.
bet17/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org

25) A smitning metodologiyasi va Xalqlar boyligi asari
U 1766 yilda oʼz yurtiga qaytdi va oʼzining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʼgʼrisidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Аsarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy printsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.А.Smitning bu asari besh kitobdan iborat boʼlib, birinchisida qiymat va qoʼshimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamgʼarilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, toʼrtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning taʼlimotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayishi, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari narxi esa oʼsish tendentsiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato).
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasiga, yaʼni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi.
Olim oʼz asarlari va tadqiqotlarida odamlar baʼzi bir shunday tabiiy hususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bogʼliq emas, degan hulosaga asoslanadi. Аna shunday hususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) boʼlib, odamlar oʼz xoʼjalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Аmmo ayrim shahsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam oʼz shahsiy manfaatini koʼzda toʼtadi, ammo bu holatda koʼp boshqa holatlardagi kabi, u «koʼrinmas qoʼl» tomonidan uning niyatida ham boʼlmagan maqsad sari yunaltiriladi...Hozirgi davrda barchaga yaxshi maʼlum boʼlgan «koʼrinmas qoʼl» iborasi bilan birga «iqtisodiy odam» tushunchasi ham kiritildi. Unga koʼra , shahsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak boʼlgan narsani bersang, men senga kerak boʼlgan narsani beraman», qabilida, yaʼni shahsiy manfaatlarning talabini qondirish yoʼli tutiladi, yaʼni gap kimningdir sahiyligida emas.


Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling