2. 4. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotining samarali va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir.
Bozor resurslarni samarali taqsimlab, jamiyat uchun zarur bo‘lgan mahsulot va hizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Bozor iqtisodiyoti resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyat ko‘proq muhtoj bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Bu ishlab chiqarish uchun resurslarni oqilona kombinatsiyalashning eng samarali usullaridan foydalanishni talab qiladi va yangi samarali ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish hamda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishga yordam beradi. Shunday qilib, bozorning "ko‘rinmas qo‘li" mavjud resurslardan eng ko‘p zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishni nazorat qiladi. Bu esa bozorning maksimal samaradorligini nazarda tutadi.
Iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tanlash va harakat qilish erkinligi. Bozor tizimi tadbirkorlik va tanlov erkinligining muhimligini aniq belgilab beradi. Iste’molchilar o‘zlari xohlagan narsalarni sotib olishlari mumkin, o‘z navbatida korxonalar- kerak deb topgan narsalarni ishlab chiqarish va sotishlari mumkin va nihoyat resurslarni yyetkazib beruvchilar, qo‘llaridagi material va ishchi kuchi resurslarini o‘z xohishlariga ko‘ra joylashtirishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki, iste’molchilar bir narsani talab qilganda, korxonalar butunlay boshqa narsani ishlab chiqarishni tanlashadi. Unda nima uchun iqtisodiyot bunday holatda to‘liq betartiblik holatiga tushmaydi, degan savol tug‘iladi. Chunki, iqtisodiy jarayonlar raqobatli narx mexanizmi yordamida muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi. Korxona o‘zi istagan tovarlarni ishlab chiqara olmaydi, bu nuqtayi nazardan ular “erkin” emaslar. Iste’molchilarning qarorlari ba’zi mahsulotlarni daromadli qiladi, boshqalarini esa aksincha ishlab chiqarishda zarar ko‘radigan holga keltiradi, qanday mahsulotni ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishda firmaning tanlash erkinligi cheklangan bo‘ladi. Korxonalar ishlab chiqarish uchun tanlagan mahsulot xususidagi qarorlarini iste’molchilar tanlovi bilan kelishtirishlari lozim aks holda zarar ko‘rishlari hatto bankrot bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |