1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari, turlari
O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSINING AYRIM XUSUSIYATLARI
Download 389.19 Kb.
|
Ишсизлик ва унинг турлари lotin
4.2. O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSINING AYRIM XUSUSIYATLARI
O’zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash, ularga munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning turli jabhalarida mehnat qilayotganlar soni ortib bormoqda, mavjud mehnat salohiyatidan samarali foydalanish ko’rsatkichi tobora yaxshilanmoqda. 1991-2007 yillar davomida mamlakat mehnat resurslari soni qariyb 5,0 mln. kishiga o’sgan bo’lsa, jami ish bilan band aholi soni 2,6 mln. kishiga ko’paygan, xolos. Mazkur ko’rsatkichlar o’sishi o’rtasidagi farq mehnatga safarbar etilmagan mehnatga layoqatli aholi miqdorini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu holat mamlakatda ishsizlar sonining o’sishiga sabab bo’ladi va ishsizlik darajasining yuqori ko’rsatkichini keltirib chiqaradi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki yillarda yuzaga kelgan ishsizlik davriy ko’rinishga ega bo’lib, bu holat mamlakatda iqtisodiy tizimning o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq tarzda ro’y bergan. O’sha yillarda iqtisodiy davrning pasayish fazasi kuzatilib, ko’plab sanoat va ishlab chiqarish korxonalari to’xtab qoldi yoki to’liqsiz quvvatda faoliyat yuritdi. Mazkur holatning bosh sababi, sobiq Ittifoq davrida mamlakat korxonalarining boshqa respublika korxonalari bilan chambarchas bog’liqlikda faoliyat yuritgani hisoblanadi. O’sha davrlarda O’zbekiston sobiq Ittifoqning xom ashyo yetkazib beruvchi asosiy bazasi hisoblanib, ittifoqdosh respublikalardagi zavod-fabrikalarni xom ashyo resurslari bilan ta’minlab turgan. Shu bilan birga respublikaning tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan zavod-fabrikalari ehtiyot qism, butlovchi materiallar, xom ashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni o’zga ittifoqdosh respublikalardan olib kelgan. Yoki O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning buyurtmachi va iste’molchilari ittifoqning boshqa davlatlari hisoblangan. Qisqacha aytganda, mamlakatimizdagi deyarli barcha ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy jihatdan qaram hisoblangan, ya’ni ta’minot, resurs, rejalashtirish, olib kelish, yetkazib berish, sotish, buyurtma berish va iste’mol kabi masalalarni mustaqil hal qila olmagan. Sho’rolar hukumati yemirilib, rejali iqtisodiyot tizimi barham topgach, mazkur aloqalar uzilib qoldi, mamlakatdagi ishlab chiqarish korxonalari inqirozga uchray boshladi. Mazkur holat esa mamlakatda nisbatan yuqori darajadagi davriy ishsizlikni keltirib chiqardi. Garchi, so’nggi yillarda O’zbekistonda ishsizlar soni va darajasining nisbatan kamayishi kuzatilgan bo’lsada, biroq bu miqdor hanuzgacha salbiy va muammoli darajada qolmoqda. Bu holat ayniqsa COVID-19 pandemiyasining tez tarqalishi sababli jahon iqtisodiyoti, shuningdek ijtimoiy sohalar rivojlanishi shu jumladan, mehnat bozoriga ham katta zarba bo‘lgani ta’kidlandi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, pandemiya natijasida dunyo bo‘ylab 25 millionga yaqin odam ishsiz qolganligi va xodimlarning daromadlari kamida 3,4 trln ga kamayganligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekistonda pandemiya sabab mehnat bozori chekiga tushayotgan bosimni yumshatish maqsadida qat’iy chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bandlikni ta’minlash uchun Inqirozga qarshi jamg‘arma hisobidan 10 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga 200 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
SHu sababli, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamayganligini e’tirof etdi. Bugungi kunda respublikada ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga ko’ra, quyidagi asosiy turlari ko’p uchramoqda:
tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi; yashirin, bu asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ishchi kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur inqirozi sharoitida korxonalarda ish bilan ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi; mavsumiy, ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi sifatida namoyan bo’ladi; texnologik o’zgaruvchan, bu korxonada texnologik o’zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini mashina egallashi natijasida yuzaga keladi. Ishsizlik tarkibi uning sabablariga ko’ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini o’z ichiga oladi: ishdan bo’shatilishi natijasida o’z joyini yo’qotganlar, ishdan ixtiyoriy ravishda bo’shaganlar, ma’lum muddatga uzilish yoki tanaffusdan so’ng mehnat bozoriga kelganlar, mehnat bozoriga birinchi bor kelganlar. Bu toifalarning o’zaro nisbatlari iqtisodiy davr bosqichlariga bog’liq. Mazkur toifa aholi orasida eng ko’p ulushni ishdan bo’shatilish natijasida o’z ish joyini yo’qotganlar ko’pchilikni tashkil qilib, ularning paydo bo’lishiga respublikada amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayoni sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotning bozor tizimiga o’tilgandan so’ng mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jadal sur’atda amalga oshirila boshlandi. Chunki rejali iqtisodiyot yuritish davrida barcha korxonalar davlatga qarashli bo’lib, davlat yagona mulkdor va monopol hisoblangan. Bu esa iqtisodiyotning inqirozi hamda ushbu tizimning barbod bo’lishiga olib keldi. Respublikada ishsizlikning vujudga kelishi, uning nisbatan yuqori darajada saqlanib turishi va aholining ish bilan bandligida iqtisodiyotning norasmiy tarmog’i ulushining ortib borishiga sabab bo’lgan asosiy muammolardan biri sifatida mamlakatda ishchi kuchiga talab va taklifning sifat va miqdor jihatdan nomutanosibligini keltirish mumkin. Chunki, bugungi kunda ishsiz aholining katta qismini malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlar tashkil etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishchi kuchiga bo’lgan talabni malakali va ish tajribasiga ega bo’lgan kadrlarga ehtiyoj tashkil etmoqda.
Download 389.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling