1. Islom huquqi manbalari tushunchasi va turlarig’ Islom huquqining asosiy manbalari
Download 73.73 Kb.
|
Islom huquqi 2.1.-10-Mavzu
Shar’u “man qoblana” – “bizdan oldingilarni shariati” huquqiy masalalarni hal etishda xizmat qiluvchi qo‘shimcha manbalardan biridir. Bizdan oldingilarni shariati – bu islom dini paydo bo‘lgungacha boshqa dinga e’tiqod etuvchilar uchun ta’qiqlangan yoki ruxsat etilgan yoxud taqiqlanmagan hamda ruxsat berilmagan xulq atvor, xatti-harakat qoidasi bo‘lib, Qur’oni karim va Muhammad payg‘ambar hadislarida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Qur’oni karim va hadislarda Islomdan boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarning xatti-harakatini, xulq-atvorini taqiqlovchi qoidalar musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda manba rolini o‘ynay olmaydi. Aksincha, boshqa din vakillariga Qur’oni karim va hadislarda u yoki bu xatti-harakat qoidasidan musulmonlarga aloqadar bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda foydalanish mumkin.
Islom huquqining qo‘shimcha manbalaridan biri sifatida ayrim sahobalar so‘zlari hisoblanadi. Sahobalar (yoxud as-sahoba, sohib – “tarafdor”ning ko‘pligi – ashob) – Muhammad (s.a.v)ning safdoshlari, u zot bilan muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarida qatnashgan musulmonlar; keyinchalik Muhammad (s.a.v)ni loaqal bir marotaba, garchi go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha musulmonlar. “Ular Arabistondan tashqaridagi o‘lkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qo‘shinining o‘zagini va eng sobit qadam, qat’iyatli qismini tashkil etgan. Sahobalarning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilingan; ular dastlabki xalifalarni saylashga ta’sir ko‘rsatganlar, ularni noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayinlashgan”1. Sahobalarning komil insonligi, bilimdonligi, arab tilini mukammal bilishlari, adolatliligi, Qur’oni karim oyatlarining nozil bo‘lish sabablari haqida aniq tasavvurga egaligi, hadislarni chuqur bilishi, turli huquqiy masalalarni Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hal qilganda guvoh bo‘lganligi, shariatdan ko‘zlangan maqsad va uning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishlari ko‘pchilik tamonidan e’tirof etilgan. Shu munosabat bilan huquqiy masalalar bo‘yicha ularning echimlari, qarorlari va ko‘rsatmalari u yoki bu masalani hal etishda asos sifatida qabul qilinishi mumkinligi islom huquqi amaliyotida bo‘lgan. Lekin shuni alohida qayd etish lozimki, sahobalar yo‘li bo‘yicha masalani hal etishga ra’y va ijtihod orqali masalani hal etib bo‘lmaganda murojaat qilingan. Sahobalar yo‘li orqali huquqiy masalani hal qilish borasida huquqiy mazhablar vakillari o‘rtasida yakdillik bo‘lmagan. Shofe’iylar, ash’ariylarning ayrimlari, mo‘’taziliylar va shialar huquqiy masalalarni hal etishda sahobalar yo‘li manba (dalil, asos) bo‘la olmaydi desalar, hanafiy, molikiy va hanbaliylar manba (asos, dalil) bo‘la oladi deydilar. Islom huquqi tarixida momoning nabiradan meros olishi, homilaning ona qornida ikki yildan ortiq turmasligi kabi masalalar sahobalar bildirgan fikr asosida hal etilgan. Islom huquqida huquqiy masalani hal etishda asos sifatida foydalanilgan vosita saddu-zaroi’dir. “Zaroi’” so‘zi biror bir maqsadga erishishda vosita rolini o‘ynovchi narsani anglatadi. Istilohda esa, biror man’ qilingan narsaga etishish uchun vasita bo‘ladigan, fasod va zararga olib boruvchi narsadir. “Sadd” so‘zi “to‘sish” ma’nosini bildiradi”. Demak, “Saddu-zaroi” biror man’ qilingan narsaga etishish uchun vasita bo‘ladigan, fasod va zararga etaklovchi narsani to‘sishni ifoda etadi. Masalan, shariat qoidasiga ko‘ra spirtli ichimliklarni iste’mol qilish harom – jinoyat hisoblanadi, mazkur jinoyatga olib boradigan vosita sifatida vino tayyorlashda ishlatiladigan uzumning navini ekish zararni ya’ni jinoyatni oldini olish maqsadida haromdir deb topiladi Chunki, bunday navdagi uzumni ekishdan maqsad kelajakda undan vino tayyorlab uni iste’mol qilish yoki sotib, harom pul topish. Qimor o‘ynash ham harom. Chunki uni sotib olishdan maqsad qimor o‘ynash. Idda muddatini o‘tayotgan ayolga uylanish taqiqlangan. Shu munosabat bilan idda saqlayotgan ayolga sovchi qo‘yish ham taqiqlanadi. “Zariy’a”, ayrim ulomalarning fikriga ko‘ra, sirtdan muboh (ruxsat berilgan) masala bo‘lib, u orqali man qilingan narsaga amal qilishga yo‘l topiladi. Bu tarifga binoan, zariy’ani “shariat man qilgan narsani qilishga bahona va xiyla topish” deyishimiz mumkin bo‘ladi. “Bahona va hiyla topishning ikki turi bor” shariat ruxsat etgan va shariat ruxsat etmagan. Shariat ruxsat etgan “bahona va hiylaga”, o‘z gunohini yuvish uchun ro‘za tutgan kishining ushbu ro‘zani tugatmasdan ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan safarga chiqishi misol bo‘ladi. Chunki safarga chiqqan kishining ro‘za tutishi shart emas. Shariat ruxsat etmagan “bahona va hiyla” zakot to‘lamaslik uchun mulkini biror kishiga sovg‘a qilib, yil tugamasdan so‘zidan qaytib olishi misol bo‘ladi. Ulamolar sadduz-zaroi’ni bir necha turlarga bo‘lishadi: zariy’ani ado etish so‘zsiz salbiy oqibatga olib keladi, zariy’ani ado etish ayrim hollarda salbiy oqibat keltirib chiqaradi, biror bir ishni qilish ko‘pincha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bir ishni ado etish salbiy oqibatni keltirib chiqarishi yoki chiqarmasligi ham mumkin1. Huquq mazhablari vakillarining sadduz-zaroi’ga munosabati bir xil emas. Molikiylar va hanbaliylar uni asos, dalil sifatida e’tirof etishadi, xanafiylar va shofe’iylar uni vaziyatga qarab e’tirof etishadi yoki etishmaydi. “Istishob”ning lug‘aviy ma’nosi “birga bo‘lmoq” anglatadi. Istilohda esa “istishob” – bir narsaning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganiga binoan, to uning o‘zgarganligiga dalil kelmaguncha, eski holatida deb hukm qilish. Demak, bir narsaning biror dalil kelib o‘zgartirmasdan avvalgi holi bo‘yicha berilgan hukm istishob deyiladi. Masalan, er-xotin o‘rtasidagi nikoh, uni inkor etuvchi ma’lumot bo‘lmaguncha haqiqiy hisoblanadi. Shaxsning o‘limi haqidagi ma’lumotning yo‘qligi bedarak yo‘qolgan kishining tirikligini e’tirof etishga asos bo‘ladi. Download 73.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling