1. jamiyat taraqqiyotida axboriy madaniyat, axborot resurslarining o’rni


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana16.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1493533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
YodgorovShohijahon

 


28 
 
 
 
 
 
3. Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. 
 
Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar 
jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan 
ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, 
energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar 
kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – 
axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib 
boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot 
resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini 
keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan 
bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi 


29 
gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi 
xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat. 
Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik 
ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida 
juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs 
foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), 
axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta 
foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini 
klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. 
Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, 
sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot 
tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo 
xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha 
ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va 
taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot, 
telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish 
mumkin. 
Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya 
bo’lib hisoblanadi.Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, 
rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash 
vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan 
bo’ldi.Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish 
mumkin: 

Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda 
jamlangan. 

Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik 
axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha 
ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi. 


30 

Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va 
hokozolarni saqlaydi. 

Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni 
o’zida saqlaydi. 
Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud 
bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar; 

Aoqa va telekommuniktsiya vositalari; 

Maishiy xizmatlar; 

Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari 

Konsultativ firmalar; 

Birjalar; 

Jismoniy shaxslar. 
Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, xukumat organlari va 
xokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib 
hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi 
bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi 
xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina 
davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta 
ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, 
referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga 
ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha 
maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, 
Internet 
provayderlar 
xizmat 
ko’rsatadi. 
Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi 
darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish 
bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri 
keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari 


31 
va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy 
Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling