55. «Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni.
Texnologik jarayonlar, asosiy qurilmalar, fanning maqsadi, axamiyati, rivojlanishi, turlari,
gidromexanik, issiqlik, modda almashinish, kimyoviy, mexanik, turg‘un, noturg‘un.
Kimyo sanoati uchun malakali injener kadrlar tayyorlashda «Kimyoviy ishlab chikarish asosiy
jarayonlarii», qisqacha «Jarayonlar va qurilmalar» fani katta axamiyatga ega. Bu fan
talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jixatdan chuqur egallashga, ularning injenerlik
bilimlarini mustaxkamlashga, qanday qilib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
texnologik qurilmalardan unumli va muqobil rejimda foydalanish mumkinligini o‘rgatadi.
1.
ASOSIY JARAYONLARNING TURLARI
Kimyo sanoatida turli-tuman texnologiya jarayonlari ishlatiladi. Bunday jarayonlar ayrim
belgilariga asosan bir necha sinflarga bo‘linadi. Texnologiya jarayonlarini ularning
xarakatlantiruvchi kuchiga kura turlarga bulish maksadga muvofik. Shunga ko’ra asosiy
jarayonlar 5 guruhga bo’linadi:
Mexanik jarayonlar- qattiq, materiallarni mexanik kuch ta’sirida qayta ishlash bilan
bog‘liq. Bunday jarayonlar qatoriga maydalash, saralash, uzatish, aralashtirish va shu kabilar
kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi.
Bunda xarakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan kochma kuch
bajaradi.
Gidromexanik jarayonlarni- suyuq va gazsimon sistemalardagi xarakat (aralashtirish,
filtrlash, chuktirish) bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bunday jarayonlarning tezligi
gidromexanika konunlari bilan aniqlanadi. Gidromexanik jarayonlarning xarakatlantiruvchi
kuchi - gidrostatik va gidrodinamik bosimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |