1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Issiqlik almashinish jarayonlari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
57. Issiqlik almashinish jarayonlari.
Issiqlik, sovuq, jarayon, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya, nurlanish, maydon, qonun, issiqlik almashinish, differensial tenglama, kriterial tenglama. Xar xil xaroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning xarorati o‘rtasidagi farq issiqlik almashinishning xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi. (Yoki muxitlar o‘rtasidagi temperatura farqi jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi deyiladi.) Xaroratlar farqi bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi xarorati yuqori bo‘lgan jismdan xarorati past bo‘lgan jismga xaraat qiladi va o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar o‘rtasidagi issiqlik almashinishi xisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan. Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va issiqlikning nurlanishi. Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi (yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi. Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik xajmlarning xarakati va ularni aralashtirish natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi. Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi issiqlikning nurlanishi deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida nur chiqarish va nur yutish jarayonlaridan tashkil topadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling