1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana16.09.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1679479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni



1. 
«Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni. 
Jarayonlar, asosiy qurilmalar, fanning maqsadi, axamiyati, rivojlanishi, turlari, gidromexanik, 
issiqlik, modda almashinish, kimyoviy, mexanik, turg‘un noturg‘un. 
1. 
«JARAYONLAR VA QURILMALAR» FANI MAQSADI VA VAZIFALARI.
Kimyo sanoati uchun malakali injener kadrlar tayyorlashda «Kimyoviy ishlab chikarish asosiy 
jarayonlarii», qisqacha «Jarayonlar va qurilmalar» fani katta axamiyatga ega. Bu fan 
talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jixatdan chuqur egallashga, ularning injenerlik 
bilimlarini mustaxkamlashga, qanday qilib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va 
texnologik qurilmalardan unumli va muqobil rejimda foydalanish mumkinligini o‘rgatadi.
«Jarayonlar va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlar amalga 
oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prisiplari va ularni xisoblash uslublari 
o‘rganiladi. Asosiy jarayonlarni qonuniyatlarini o‘rganish va qurilmalarni xisoblash usullarini 
tuzishda fizika, kimyo, fizik-kimyo, termodinamika, iqtisod kabi fanlarni fundamental 
qonunlari asso qilib olinadi. «Jarayonlar va qurilmalar» kursi kimyo sanoatining turli 
tarmoqlarida ishlatiladigan va tashqi ko‘rinishidan xar xil bo‘lgan jarayonlar va qurilmalarning 
o‘xshashliklarini aniqlashga asoslanadi.
Zamonaviy katta o‘lchamdagi ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalashda xam «Jarayonlar va 
qurilmalar» fanining axamiyati katta. O‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan jarayon avval laboratoriya 
sharoitida, kichik o‘lchamdagi qurilmalarda o‘rganiladi. So‘ngra olingan tadqiqot natijalari 
katta o‘lchamdagi sanoat qurilmalarida ko‘chiriladi. Shunday qilib, kichik tizimlarda olingan 
natijalardan katta sistemalarda foydalanish qonuniyatlari modelllashtirish deb yuritiladi. 
Modellashtirish «Jarayonlar va qurilmalar» fanining muxim vazafalaridan biri xisoblanadi. 
(Keyingi darslarta batafsil to‘xtalib o‘tamiz)   

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling