1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Turli jinsli sistemalarni ajratish
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sentrifugalash
2.
Turli jinsli sistemalarni ajratish. Turli jinsli sistema, faza, suspenziya, chang, tutun, emulsiya, ko‘pik, tuman, cho‘ktirish, filtrlash, syentrifugalash, tenglama. Fazalarning fizik xolatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, changlar, tutunlar, tumanlar. Suspeziya. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan ortik); mayin suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 100 mkm); loyqasimon-suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 0,1mkm); kolloid eritmalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan kichik). Emulsiyalar ikki xil o‘zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo‘lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo‘ladi. Emulpsiyaga sut eng xarakterli misol bo‘la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog‘ zarrachalaridan iborat. O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar ko‘piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi. Changlar deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi. Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish jarayoni orqali o‘tishda xosil bo‘ladi. Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng. Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun quyidagi gidromexaniq usullardan foydalaniladi: 1) cho‘ktirish, 2) filtrlash, 3) syentrifugalash, 4) suyuqlik yordamida ajratish. Turli jinsli sistemalarni texnikada ajratish uchun gravitasion, markazdan qochma kuch va elektr maydonlaridan xamda suyuqlik va gazlardagi yuza kuchlari bosimining maydonidan foydalaniladi Og‘irlik kuchi, inersiya kuchlari yoki elektrostatik kuchlar yordamida suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistemalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratish cho‘ktirish deb ataladi. Agar cho‘ktirish og‘irlik kuchi ta’sirida borilsa, bu jarayon tindirish deb yuritiladi. Tindirish asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun ishlatiladi. Filtrlash - suyuq va gazsimon aralashmalarni g‘ovaksimon to‘siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta’sirida olib boriladi va asosan suspenziya xamda changlarni to‘la tozalash uchun ishlatiladi. Sentrifugalash - suspenziya va emulpsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta’sirida yaxlit yoki g‘ovaksimon to‘siqlar yordamida ajratish jarayonidir. Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb gaz tarkibida bo‘lgan qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og‘irlik yoki inersiya kuchlari ta’sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Turli jinsli sistemalarni ajratishning yuqorida bayon etilgan usullari sanoatda cho‘ktirish, Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling