1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/66
Sana16.09.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1679479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni

11. 
Sentrifugalash. 
Sentrifugalash, fugat, turlari, normal, o‘ta, davriy, ajratish, koeffisiyenti, xisobi, ultrafiltrlash, 
osmos, unumdorlik. 
Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan 
qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash 
jarayoni sentrafuga nomli qurilmalarda amalga oshiriladi 
Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o‘kka joylashgan katta tezlikda 
aylanuvchi baraban bo‘lib, u elektr dvigatel yordamida aylanma xarakatga keltiriladi. Markazdan 
qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho‘kmaga tushib, suyuq 
fazadan ajraladi. 
Suyuq faza fugat deyiladi. Xosil bo‘lgan cho‘kma baraban ichida qolib
suyuq faza esa ajratib olinadi. 


Sentrifugalarning ish unumdorligi ajratilish koeffisiyentiga bog‘liq. Ajratish koeffisiyenti 
sentrifugalarda markazdan qochma kuchlar maydonida xosil bo‘lgan kuchlanish bilan 
xarakterlanadi. Sentrifugada xosil bo‘layotgan markazdan qochma kuchlar miqdorining og‘irlik 
kuchi tezlanishdan necha marta ko‘pligini ko‘rsatuvchi kattalik ajratish koeffisiyenti deyiladi. 
k
a
= w
2
/ r g 
bu yerda: 
r - baraban radiusi; 
w - aylanayotgan barabanning burchak tezligi; 
g - erkin tushish tezlanishi. 
Ajratish koeffisiyentiga ko‘ra xamma sentrifugalar ikki guruxga bo‘linadi: 
1. Normal sentrifugalar (k

< 3500). Bunday sentrifugalar suspenziyalardan katta, o‘rtacha va 
maydaroq zarrachalarni ajratish uchun ishlatiladi. 
2. O‘rta sentrifugalar (k

> 3500). Bunday sentrifugalar mayda zarrachali suspenziyalarni va 
emulьsiyalarni ajratish uchun ishlatiladi. 
Ultrafiltrlashning asosiy mazmuni eritmalarni yarim o‘tkazuvchan membranalar orqali 
bosim bilan o‘tkazishdan iborat. Maxsus tayyorlangan g‘ovakli membranalar quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1) kerakli komponentni o‘tkazish, kolganlarini o‘tkazmaslik;
2) yuqori ajratishga ega bo‘lish;
3) mexaniq chidamlilik
4) unumdorligi katta;
5) ishlatish jarayonida o‘zgarmasligi;
6) ajratilayotgan muxit ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi;
7) tarkibida zaxarli moddalar bo‘lmasligi;
8) narxi arzon. 
Ultrafiltrlash va teskari osmos tushunchalari o‘rtasida farq juda kam. Agar ultrafiltrlash 
yuqori molekulali moddalarni qo‘yiqlashtirish va bir vaqtning o‘zida ularni kichik molekulali
moddalardan tozalash usuli xisoblansa, teskari osmos esa berilgan eritmani kuyiklashtirish yoki 
toza erituvchini eritmadan ajratib olish usulini tashkil etadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling