Sanoat ishlab chiqarishlarida ishlatilayotgan mexanik usulda aralashtirgichlar
uchga bo‘linadi:
parrakli,
propellerli va
turbinali.
Parrakli aralashtirgichlar bir va bir nechta parrakdan iborat bo‘ladi. Bir parrakli
aralashtirgichlar qovushoqligi (µ<
0,1Pa.s) kichik bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun
ishlatiladi. Ko‘p parrakli aralashtirgichlar qovushoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni
aralashtirish uchun ishlatiladi
Parrakli aralashtirgichlar bir va bir nechta parrakdan iborat bo‘ladi. Bir parrakli
aralashtirgichlar qovushoqligi (µ<
0,1Pa.s) kichik bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun
ishlatiladi. Ko‘p parrakli aralashtirgichlar qovushoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni
aralashtirish uchun ishlatiladi
Propellerli aralashtirgichlarning asosiy ish organi o‘qqa o‘rnatilgan propeller yoki
vintdan iborat. O‘q gorizontal, vertikal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintlar ikki yoki
uch qanotli bo‘ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi xarakat qiladi. Bitta val o‘qiga bittadan
uchtagacha propeller aralashtirgichlar o‘rnatiladi. Propellerni o‘rab olgan suyuqlik esa xuddi
gayka kabi aralashtirgichning o‘qi yo‘nalishida xarakat qiladi. Propeller aralashtirgichlar
muxitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri qurilma
diametrini 0,25 - 0,3 qismini tashqil etadi. Aylanishlar soni minutiga 150-1000 gacha bo‘ladi.
Propellerli aralashtirgichlarni xarakatchan va qovushoqligi biroz katta bo‘lgan (µ<6Pa.s)
suyuqliklarin
aralashtirish
uchun
ishlatiladi.
Propellerli
aralashtirgichlar
parrakli
aralashtirgichlarga qaraganda samaradorligi ancha yuqori, lekin ularni ishlashi uchun ko‘p
energiya sarflanadi.
Turbinali aralashtirgichlarning asosiy ish organi turbina gildiragi bo‘lib, u vertikal o‘qqa
joylashtirilgan bo‘ladi. Gʻildirak minutiga 200 - 2000 gacha aylanma xarakat qiladi. Turbina
g‘ildiragining ishlash prinsipi markazdan qochma kuchlarning ta’siriga asoslangan. Suyuqlik
aralashtirgichninig markaziy teshiklaridan kirib, u yerda markazdan qochma kuchlar ta’sirida
tezlanish olgan xolda g‘ildirakdan radial yo‘nalishda chiqib ketadi. Gʻildirakda suyuqlik
vertikal yo‘nalishdan gorizontal yo‘nalishga o‘tib, undan katta tezlik bilan chiqadi. Bu
aralashtirgichlarni samaradorligi juda yuqori. Turbinali aralashtirgichlarning diametri qurilma
diametrining 0,17-0,33 qismini tashqil qiladi. Bu aralashtirgichlar (µ<
500Pa.s) suyuqliklarni
aralashtirish uchun ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |