1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Bir korpusli Bug‘latish qurilmalari xisobi
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy balans.
- Issiqlik balansi.
- Isitish yuzasi.
54. Bir korpusli Bug‘latish qurilmalari xisobi.
Ekstra bug` erituvchi, bug‘ bosimi, qaynash xarorati, depressiya, tenglama, issiqlik berish, issiqlik uzatish, issiqlik miqdori, isitish yuzasi, qurilmalarni tanlash Qurilmaning ishlash prisipi. Markaziy sirkulyasiya trubasi bo‘lgan uzluksiz bo‘lgan bug‘latish qurilmasining ishlash prisipini ko‘rib chikamiz. 12.1 rasm. Qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan iborat. Isitish kamerasi separatordan aloxida joylashgan bo‘lishi xam mumkin. Bunda isitish kamerasi va separator truba orqali birlashgan bo‘ladi. Kamera odatda to‘yingan suv bug‘ bilan isitiladi. Bug‘ trubalar tashqarisidagi bo‘shliqqa kiradi, bu yerda kondensasiyalash jarayoni yuz beradi va ajralib chiqqan issiqlik truba devorlari orqali eritmaga beriladi. Xosil bo‘lgan kondensat kameraning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi. Moddiy balans. Dastlabki eritmaning miqdori G b (kg/s) uning boshlang‘ich konsentrasiyasi v b , quyuqlashtirilgan eritmaning miqdori G k (kg/s), uning oxirigi konsentrasiyasi esa v k (%) ga teng. Agar qurilmadan chiqarilayotgan erituvchi (ikkilamchi bug‘)ning miqdori W(kg/s) bo‘lsa, u xolda qurilmaning moddiy balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: G b = G k + W Issiqlik balansi. Quyidagi belgilarni qabul qilamiz: D-isituvchi bug‘ning sarfi; J i – uning entalppiyasi; J- ikkilamchi bug‘ning entalpiyasi; i b = s b t b - dastlabki eritmaning entalppiyasi; i k = s k t k - quyuqlashgan eritmaning entalppiyasi; i=s’ isituvchi bug‘ kondensatining entalppiyasi; s b , s k s - dastlabki va quyuqlashgan eritma xamda kondensatning o‘rtacha solishtirma issiqlik sig‘imlari; t b , t k , - dastlabki va quyuqlashgan eritma xamda isituvchi bug‘ning to‘yinish xaroratlari. Issiqlikning kirishi va uning sarflanishi quyidagicha bo‘ladi: Issiqlikning kirishi Dastlabki eritma bilan…G b i b Isituvchi bug‘ bilan … D J i Issiqlik sarflanishi Quyuqlashgan eritma bilan … G k i k Ikkilamchi bug‘ bilan… WJ Quyuqlashish issiqligi…Q kons. Atrof muxitga yo‘qotilgan issiqlik …Q y. Issiqlik balansi quyidagicha ifodalanadi: G b i b + DJ i = G k i k + WJ +Di + Q kons + Q y Isitish yuzasi. Uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmasining isitish yuzasi issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi: , t К Q F (9) bu yerda Q – issiqlik sarfi; K – issiqlik o‘tkazish koeffisiyenti; t – xaroratlarning foydali farqi (jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi).. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling