Porshenli kompressorlar. Porshenr silindrda ungga va chapga krivoship mexanizm
yordamida ilgarilanma-kaytma xarakat kiladi. Porshenr silindrning ichki devoriga zich kilib
urnatiladi va silindr bushligini ikki kismga bo‘lib turadi. Porshenr chapdan ungga tomon
ilgarilanma xarakat kilganida surish klapani ochilib silindr gazga tuladi, orkaga kaytganida
esa silindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim orta borib, uzatilish liniyasidagi bosimga teng
bo‘lganda, uzatuvchi klapan ochilib gaz uzatila boshlanadi. Gaz siqilganda uning xarorati
kutariladi, kizigan gaz yoglab turuvchi moyni kuyidirib yubormasligi uchun silindrning devori
uzluksiz suv bilan sovitilib turadi. Bir bosqichli kompressorning unumdorligi kam bo‘lganligi
uchun ikki tomonlama xarakatlanuvchi porshenli kompressorlar ko‘p ishlatiladi. Bu
kompressorlarda silindrdagi gaz porshenning ikkala kismida (chap va ung) siqiladi; ularda
ikkita surish va ikkita uzatish klapani bor.
Rotorli kompressorlar. Bu kompressorlar xam porshenli kompressorlar singari, ish bushligi
xajmining kamayishi prinsipida ishlaydi. Rotorli kompressorlar konstruktiv belgilarga kura
plastinali, yumalaydigan rotorli, suv xalkali, gazoduvka va ikki rotorli kompressorlarga
bo‘linadi.
Nasoslarni tanlash. Sanaotning barcha ishlab chikarish tarmoklarida suyuqliklarni
uzatish uchun markazdan qochma nasoslar ishlatiladi. Chunki bu nasoslar boshqa nasoslarga
nisbatan kuyidagi afzaliklarga ega:
a) massasi yengil, ixcham, tayyorlash uchun kam metall sarflanadi; b) unumdorligi yuqori,
suyuliklarni bir meoyorda uzatadi; v) boshqarish va tuzatish oson xamda tugridan-tugri
yordamchi mexanizmlarsiz elektr dvigatelga ulanadi; g) surish va xaydash klapanlari bulmagani
uchun iflosrok suyuqliklarni uzatish mumkin; d) uzok muddat davomida ishonchli ishlaydi.
Yuqoridagi bosimli kam miqdordagi suyuqliklar xamda qovushoqligi yuqori, oson
alangaluvchan suyuqliklarni uzatish uchun porshenli nasoslar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |