1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Turli jinsli sistemalarni ajratish jarayonlarhaqida umumiy tushuncha
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
49. Turli jinsli sistemalarni ajratish jarayonlarhaqida umumiy tushuncha..
Bir jinsli sistemalar,Turli jinsli sistema, faza, suspenziya, chang, tutun, emulsiya, ko‘pik, tuman, cho‘ktirish, filtrlash, syentrifugalash, filtrlash. Xar xil fazalardan tashkil topgan aralashmalar turli jinsiy sistema deb ataladi Fazalarning fizik xolatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, changlar, tutunlar, tumanlar. Suspeziya. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan ortik); mayin suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 100 mkm); loyqasimon-suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 0,1mkm); kolloid eritmalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan kichik). Sanoatda suspenziyalar juda ko‘p uchraydi. Qattiq sochiluvchan moddalarni suyuqlik bilan aralashtirish paytida suspenziyalar xosil bo‘ladi. Emulsiyalar ikki xil o‘zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo‘lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo‘ladi. Emulpsiyaga sut eng xarakterli misol bo‘la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog‘ zarrachalaridan iborat. O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar ko‘piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi. Changlar deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi. Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish jarayoni orqali o‘tishda xosil bo‘ladi. Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng. Chang tutun va tumanlar aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb ataladi. Quyidagi rasmda turli jinsli sistemalarning klassifikasiyasi berilgan. Cho‘kish tezligini aniqlash uchun aloxida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muxitda erkin cho‘kishini tekshiramiz: cho‘ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Bu jarayonda cho‘kish tezligini xisoblash muximdir. Zarracha dastlab tez cho‘ka boshlaydi, so‘ngra og‘irlik kuchi qarshilik kuchiga teng bo‘lgandan so‘ng o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘kadi. Shu o‘zgarmas tezlik cho‘kish tezligi deyiladi. Umumiy xolda tezligi quyidagi formuladan topiladi: Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling