1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


 Vakuum nasoslar. va maxsus nasoslar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/66
Sana16.09.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1679479
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni

47. Vakuum nasoslar. va maxsus nasoslar. 
So‘rish, xaydash, porshen, ikki tomonlama, unumdorlik, rotorli, plastinali, vintli, oqimli, 
propellerli, montajyu, gazlift, erlift. 
48. Bug‘latish jarayonlarhaqida umumiy tushuncha.. 
Bug‘latish, birlamchi bug‘, ikkilamchi bug‘, ekstra bug‘, bosim, markaziy sirkulyasiyalali, 
depressiya, bir korpusli, ko‘p korpusli, moddiy balans, issiqlik balans, tenglama. 
Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish 
paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar 
bug‘lanish jarayoni qaynash xaroratidan past xaroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, 
bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning xajmida ajralib chiqadi. 
Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi, bunday bug‘ 
birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug‘latish paytida xosil bo‘lgan bug‘ 
ikkilamchi bug‘ deb ataladi. Eritmani bug‘latish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori devor 
orqali beriladi. Faqat ayrim xollarda eritmani quyultirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik tutun 
gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o‘zaro kontakti 
orqali beriladi. 
Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi 
mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra 
xar xil bosim ishlatiladi. 
Atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan bosimda bug‘latishda xosil bo‘lgan ikkilamchi 
bug‘dan qaytadan bug‘latish jarayonidan xamda bug‘latish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maxsulotlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug‘ ekstra-
bug‘ deyiladi. Yuqori bosim bilan bug‘latish jarayonida ekstra bug‘ini ajratib olib ishlatish 
vakuum yordamida bug‘latishga nisbatan issiqlikdan to‘laroq foydalanish imkonini beradi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling