1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrakli aralashtirgich
- Propellerli aralashtirgich
- Turbinali aralashtirgich
Parrakli aralashtirgichlar bir va bir nechta parrakdan iborat bo‘ladi. Bir parrakli
aralashtirgichlar qovushoqligi (µ< 0,1Pa.s) kichik bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Ko‘p parrakli aralashtirgichlar qovushoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi Parrakli aralashtirgichlar bir va bir nechta parrakdan iborat bo‘ladi. Bir parrakli aralashtirgichlar qovushoqligi (µ< 0,1Pa.s) kichik bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Ko‘p parrakli aralashtirgichlar qovushoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi Propellerli aralashtirgichlarning asosiy ish organi o‘qqa o‘rnatilgan propeller yoki vintdan iborat. O‘q gorizontal, vertikal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintlar ikki yoki uch qanotli bo‘ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi xarakat qiladi. Bitta val o‘qiga bittadan uchtagacha propeller aralashtirgichlar o‘rnatiladi. Propellerni o‘rab olgan suyuqlik esa xuddi gayka kabi aralashtirgichning o‘qi yo‘nalishida xarakat qiladi. Propeller aralashtirgichlar muxitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri qurilma diametrini 0,25 - 0,3 qismini tashqil etadi. Aylanishlar soni minutiga 150-1000 gacha bo‘ladi. Propellerli aralashtirgichlarni xarakatchan va qovushoqligi biroz katta bo‘lgan (µ< 6Pa.s) suyuqliklarin aralashtirish uchun ishlatiladi. Propellerli aralashtirgichlar parrakli aralashtirgichlarga qaraganda samaradorligi ancha yuqori, lekin ularni ishlashi uchun ko‘p energiya sarflanadi. Turbinali aralashtirgichlarning asosiy ish organi turbina gildiragi bo‘lib, u vertikal o‘qqa joylashtirilgan bo‘ladi. Gʻildirak minutiga 200 - 2000 gacha aylanma xarakat qiladi. Turbina g‘ildiragining ishlash prinsipi markazdan qochma kuchlarning ta’siriga asoslangan. Suyuqlik aralashtirgichninig markaziy teshiklaridan kirib, u yerda markazdan qochma kuchlar ta’sirida tezlanish olgan xolda g‘ildirakdan radial yo‘nalishda chiqib ketadi. Gʻildirakda suyuqlik vertikal yo‘nalishdan gorizontal yo‘nalishga o‘tib, undan katta tezlik bilan chiqadi. Bu aralashtirgichlarni samaradorligi juda yuqori. Turbinali aralashtirgichlarning diametri qurilma diametrining 0,17-0,33 qismini tashqil qiladi. Bu aralashtirgichlar (µ< 500Pa.s) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling