1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari


Jazoni og`irlashtiruchi holatlar


Download 333.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.01.2023
Hajmi333.81 Kb.
#1141157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati

Jazoni og`irlashtiruchi holatlar 
Jazoni 
individuallashtirish 
eng 
avvalo 
hukm 
chiqarish 
vaqtida 
yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni e`tiborga olish orqali amalga 
oshiriladi va bu holatlarning qonunda mustahkamlab quyilganligi uning qanchalik 
muhimligini ko`rsatadi. Jazoni og`irlashtiruvchi holatlar O`zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko`rsatib o`tilgan bo`lib ular quyidagilardan 
iborat:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolga nisbatan; 
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; 


v) xizmat vazifasi yoki fukarolik burchini bajarganligi munosabati bilan 
shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; 
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram 
shaxsga nisbatan; 
d) o`ta shafqatsizlik bilan; 
ye) ko`pchilik uchun xavfli bo`lgan usulda; 
j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsdan 
foydalangan holda; 
z) jinoyat natijasida og`ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; 
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida 
yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
k) g`arazli yoki boshqacha past niyatlarda; 
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; 
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda yoki 
uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; 
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan 
yangi jinoyat sodir etishi; 
o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari; psixotrop yoxud kishining 
akl-idrokiga ta`sir qiluvchi boshqa moddalar ta`siri ostida jinoyat sodir etish. 
Yuqorida berilgan og`irlashtiruvchi holatlar ro`yxati qat`iy bo`lib boshqa 
holatlarni og`irlashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin emas. Jazoni 
og`irlashtiruvchi holatlar mazmunini qisqacha yoritib o`tsak. 
Aybdorga homiladorligi ilgaridan ayon bo`lgan ayolga nisbatan sodir etilgan 
jinoyat Jinoyat kodeksi 56-moddasidagi keltirilgan holatlar ro`yxatiga kiritilgan. 
Homilador ayolga tajovuz qilgan shaxs ayni vaqtda homilaning normal 
rivojlanishiga ham tajovuz qilgan bo`ladi. Homilador ayolga tashqi salbiy ta`sir 
bilan muvozanat holatidan chiqarish faqat ayolga emas, homilaga ham zarar 
yetkazadi. Bu esa tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ikki marotaba oshiradi, 
binobarin, aybdorning javobgarligini og`irlashtiradi. 


Yosh bola, keksa, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilgan 
jinoyat uchun og`irlashtiruvchi holatlarda jazo tayinlash qo`llanilishi kerak. 
Yosh bolalar deb, o`n turt yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarni hisobash 
lozim. Qariyalar deganda esa pensiya yoshiga yetganlar tushuniladi. Ojiz ahvoldagi 
shaxslar deganda yoshi kattaligi, kasalligi, jismoniy kamchiligi va boshqa omillar 
tufayli jinoyatchiga qarshilik ko`rsata olmaydigan kishilarni tushunish kerak. 
Xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchlarini bajarishlari munosabati bilan 
shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan jinoyat Jinoyat 
kodeksi 56-moddasi 1-qismining «v» bandida jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida 
nazarda tutilgan. 
O`z xizmat burchini bajarish deganda, har qanday shaxsning o`z xizmat 
burchi doirasidagi vazifasini huquqqa muvofiq ravishda amalga oshirishi, 
jamoatchilik burchi deganda esa fuqaroning o`ziga yuklangan ijtimoiy burchlarini, 
shuningdek, uning jamiyat yoki ayrim shaxslar manfaatlari, ya`ni mazkur shaxsni 
huquqbuzarlikning oldindani olish, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar 
tug`risida xokimiyat idoralariga xabar berish kabi ijtimoiy burchni bajarishi 
tushuniladi. 
Shaxsning yaqin qarindoshlari deganda ota-onalar, opa-singillar, er-xotinlar, 
bolalar, jumladan farzandlikka olinganlar, nabiralar, shuningdek, er-xotinlarning 
ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini tushunish lozim. 
Jinoyat kodeksi 56-moddasi 1-qismining «g» bandida ko`rsatilgan jinoyatlar, 
ya`ni aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram 
shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ham jazoni og`irlashtiruvchi holat ekanligi 
nazarda tutilgan. 
Basharti jabrlanuvchi xaqiqatan ham aybdorning qaramog`ida bo`lganda 
yoki uning ko`rsatadigan moddiy yordami jabrlanuvchi uchun birdan-bir tirikchilik 
manbai bo`lgan holatlarda moddiy qaramlik mavjuddir. Nikoh munosabatlari ham 
bunday bog`liqlikni vujudga keltiradi. Jabrlanuvchining moddiy qaramligi 
shaxsning majburiyatlari (masalan, ugay qizga to`lanadigan aliment) yoki er va 
xotin o`rtasida yuzaga kelgan murakkab munosabatlar (masalan, boshqa shahar 


yoki qishloqdan shaharga o`qish uchun kelgan qarindoshni uy-joy va oziq–ovqat 
bilan ta`minlash) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. 
Xizmat bo`yicha aybdorga qaramlik shaxsning xizmatga ko`ra bo`ysunishi 
bilan bog`liq bo`ladi, shuningdek, bevosita kelib chiqmaydigan, lekin uning 
mehnati yoki o`quvi ustidan nazorat qilish vazifalari bilan bog`liq bo`lishi mumkin 
(masalan, ilmiy rahbar va aspirant, trener va sportchi o`rtasida). 
Boshqa turdagi qaramlik deganda, jabrlanuvchi aybdorning uy-joyida 
yashashini, o`quvchilarning yoki tarbiyalanuvchilarning vasiylar, tarbiyachilar va 
xokazolarga bog`liqligini tushunish kerak. 
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda, uyushgan 
guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan jinoyat sodir etish ham jazoni 
og`irlashtiruvchi holatdir. Birgalikda sodir etilgan jinoyat o`ta xavfli bo`lib, unda 
jinoyat sodir etishni, jinoyat izlari va jinoyatchining yashirish yengilroq amalga 
oshadi. 
Ayniqsa, jinoiy faoliyat uyushganlik xususiyatiga ega bo`lganida uning 
ijtimoiy xavfliligi yanada ortadi. Bu o`rinda gap guruh xususida emas, uyushgan 
guruh tug`risida boradi. Uyushgan guruh faqat miqdoriy belgi bilan tavsiflanmaydi 
(ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi), ayni vaqtda sifat belgilari bilan, 
ya`ni oldindandan kelishib olish, jinoyatni sodir etish rejasini to`zish, uni amalga 
oshirishga tayyorgarlik ko`rish, guruh ishtirokchilari o`rtasida mustahkam aloqa 
mavjudligi bilan ham izoxlanadi. 
O`z navbatida, jinoiy uyushmaning xavfliligi ikki va undan ko`proq jinoiy 
guruhning jinoiy faoliyat bilan shug`ullanish uchun birlashishidan iboratdir. 
Bunday birlashish natijasida uyushgan tuzilmaning o`ta faolligiga erishiladi, bu esa 
ularni kuchaytiribgina kolmay, balki ta`sir doirasini kengaytiradi. 
Og`ir oqibatlarga olib kelgan jinoyatni sodir etish jazoni og`irlashtiruvchi 
holat deb topiladi, zero oqibatning xaddan tashqari og`irligi tajovuz tarkibi 
doirasidan chetga chiqadi. Masalan, oilaning yagona boquvchining o`ldirilishi 
uning moddiy ahvolini o`ta qiyinlashtirib yuborishi va xokazolar. 


Sud qonuniga muvofiq jinoyatning moxiyatiga ko`ra mastlikni jazoni 
og`irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin, zero u mazkur masalani yechishda 
qilmish o`z tabiatiga ko`ra mastlik yoki aybdorning aqliy-irodaviy faoliyatiga ta`sir 
etadigan gixyovandlik vositalari, psixotrop yoki boshqa moddalar bilan 
bog`langanligini, shuningdek, shaxsning mazkur holatga tushish sharoitlarini 
batafsil o`rganishi va ularni inobatga olishi lozim. 
Umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda jinoyat sodir etish deganda, 
aksariyat kishilarning hayot yoki sog`lig`iga xavf tug`diradigan yoki davlat, jamoat 
yoxud xususiy mulkka yirik miqdorda zarar keltiruvchi ofatlar, masalan, yong`in, 
transport halokati, suv toshqini va boshqa holatlar tushuniladi. Ushbu vaziyatlarni 
og`irlashtiruvchi holat sifatida e`tirof etish uchun aybdor tomonidan shu 
vaziyatlardan ongli ravishda foydalanish maqsadi mavjud bo`lishi kerak. 
Ko`pchilik uchun xavfli usulda jinoyat sodir etish deganda, bir shaxsga yoki 
muayyan mol-mulkka qarshi qaratilgan bo`lib boshqa kishilarga yoki mol-mulkka 
muayyan xavf tug`diradigan usullar tushuniladi. Masalan, suvni zaharlash, 
yong`in, portlatish, suv bostirish, odamlar gavjum joyda uq otish, bu holatlarda 
sodir etilgan qilmish nafaqat jabrlanuvchiga balki boshqa shaxslarga ham real xavf 
tug`diradi. 
O`ta shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etish bu jinoyatning subyektini 
ifodalovchi og`irlashtiruvchi holatlardan biri bo`lib bu jabrlanuvchiga nisbatan 
jinoiy harakatni amalga oshirishdan oldindan yoki amalga oshirish jarayonida unga 
nisbatan azoblash, qiynash yoki taxqirlash, xo`rlangan yoxud subyektning 
jabrlanuvchini juda azoblab, masalan, jabrlanuvchining badaniga ko`plab jaroxatlar 
yetkazish yoki juda og`riq beradigan zahardan foydalanish, tiriklayin kuydirish, 
uzoq vaqt ovqatsiz qoldirish va boshqa shunga o`xshash harakatlar sodir etishda 
namoyon bo`ladi.

Download 333.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling