1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari
Download 333.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati
Yengilroq jazo tayinlash
Odatda aybdorga sodir etgan jinoyati uchun qonunda nazarda tutilgan jazo qo`llanishi kerak. Yengilroq jazo qo`llashga asosi bo`lib qilmish va aybdor shaxs uning aybi darajasi va shakli shaxsning jinoyat sodir etgungacha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatni sodir etish sabablari va shart sharoitlarining jami asos bo`ladi va sudning hukmiga ko`ra mazkur holatlarda aybdorni tuzatish, jinoyatning umumiy oldindani olish vazifalarga erishish uchun mazkur jinoyat uchun qonunda ko`rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlanadi. Bu qoida Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan bo`lib, unda shunday bayon qilinadi: NOTA BENE! «Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e`tiborga olib, aloxida holatlarda Jinoyat kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham qamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin». Qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksi Maxsus qismining dispozitsiya va sanksiyalarini tuzib chiqar ekan, har bir jinoyat uchun undagi holatlar, vaziyatlar, yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni to`la e`tiborga ololmaydi. Ayrim hollarda sud sanksiyada ko`rsatilgan jazoning eng oz qismini tayinlaganda ham jazo qattiq bo`lib qolishi va Jinoyat kodeksi ning 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning maqsadiga javob bermasligi ham mumkin. Shuning uchun sud buni jazo tayinlashda e`tiborga oladi. Sodir etilgan jinoyatda ana shunday vaziyatlarning bo`lib qolishi mumkinligini e`tiborga olib, qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksining 54- moddasida nazarda tutilgan qoidalardan istisno tariqasida, ya`ni sanksiya doirasida jazo tayinlash qoidasidan chetga chiqib, Jinoyat kodeksining 57-moddasida qursatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash qoidasini kiritildi. Ammo qonunda faqat favqulodda holatlarda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi, yengillashtiruvchi holatlarda mavjud bo`lsa, jazo tayinlashning umumiy qoidalaridan bunday chetga chiqishga yo`l qo`yiladi. Ammo qonunda aynan qanday holatlarda yengilroq jazo tayinlanishi mumkinligi ko`rsatilmay, faqat Jinoyat kodeksining 57-modda 3-qismida: «Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya`ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin»ligi ko`rsatilgan. Bunday holatlarga jinoyat sodir etish motivi va maqsadini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini kiritish mumkin. Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan asoslar bo`yicha yengilroq jazo tayinlash uchun Jinoyat kodeksining 55-moddasida belgilangan holatlardan farq qiluvchi, qandaydir aloxida yengillashtiruvchi holatlarda jinoyatning sodir etilishi talab qilinmaydi, sud amaliyotiga ko`ra sudlar Jinoyat kodeksining 55- moddasida belgilangan va belgilanmagan yengillashtiruvchi bir nechta holatlarning mavjudligini e`tiborga olib, agar qilmishda og`irlashtiruvchi holatlar bo`lmasa yengilroq jazo tayinlashni qo`llamoqdalar. Bunda sudlar yengillashtiruvchi holatlar sifatida aybdorning jamiyat va davlat oldidagi xizmatlarini, keksaligi, yoshligi, sog`lig`ining yomonlashganligini, qaramog`ida yosh bolalari, mehnatga yaroqsiz ota-onasi borligi va boshqalarni hisobga oladilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 19 iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti tug`risi»dagi qarorida «Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham qamroq jazo tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo turiga o`tish faqat sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo`lgandagina mumkin bo`ladi, masalan, ma`naviy zararning yo`qligi yoki yetkazilgan mulkiy zararning qoplanganligi, ota-onasining jiddiy kasalligi, ularning mehnatga yaroqsizligi, aybdorning oilada yagona boquvchi ekanligi, sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining g`ayriqonuniy harakatlari jinoyat sodir etilishining sababi bo`lganligi va shunga o`xshash holatlar bo`lishi mumkin. Qonun yengilroq jazo tayinlashning ikkita usulini nazarda tutadi va sud ulardan bittasini ish holatlariga qarab qo`llashi mumkin. Bular: a) sanksiyada ko`rsatilgan jazoning eng kam qismidan ham qamroq jazo tayinlash; b) yengilroq jazo turini tayinlashdir. Eng kamidan ham qamroq jazo tayinlashda sud aybdorni qilmishi kvalifikatsiya qilingan normaning sanksiyasida belgilangan jazo turlarini bittasini, lekin berilgan jazo turi uchun sanksiyada belgilangan jazoning eng kam miqdordan xaq qamrog`ini tayinlaydi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-modda 1-qismi bo`yicha odam o`g`irlaganlik uchun 3-yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, sud esa Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llagan holda aybdorga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash mumkin. Jinoyat kodeksining 57-moddasida sud tayinlanayotgan jazo turining muddati yoki miqdorini qancha miqdorga kamaytirishi mumkinligi ko`rsatilmagan, sud tomonidan tayinlangach jazo muddatining eng kam qismi ushbu jazo Jinoyat kodeksining Umumiy qismida ko`rsatilgan muddatining eng kam qismigacha bo`lishi mumkin (masalan, Jinoyat kodeksining 44-46-moddalar va xokazo). 18 yoshga to`lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 82-84-moddalarida ayrim turdagi jazolar uchun belgilangan jazolarning eng kam qismini qo`llashi lozim. Jinoyat qonuni, ya`ni Jinoyat kodeksining 57-moddasida, boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlash shuningdek,, sanksiyada belgilangan eng kam doiradan ham qamroq jazo tayinlash uchun sudga katta imkoniyat bergan. Ammo, ba`zan ushbu holatga xojat qolmaydi, chunonchi, agar sud qo`llayotgan huquqiy normaning sanksiyasida berilgan jazo turining fakat eng ko`p muddati belgilangan bo`lsa, sud yengilroq jazo tayinlash usulini qo`llay olmaydi. Masalan, jinoyat uchun 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasiga murojaat qilinmaydi. Agar, Maxsus qismi moddasining sanksiyasida jazoning eng ko`p qismi ko`rsatilib eng kam qismi ko`rsatilmagan bo`lsa, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining tegishli moddasidagi jazo turining eng kam qismi bu jazoning minimal muddati hisoblanadi. Yengilroq jazo tayinlashning ikkinchi usuli sud qo`llayotgan huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan jazo turi o`rniga aybdorga boshqa, Jinoyat kodeksining 43-moddasida yoki jinoyat voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 81-moddasida belgilangan jazo turlaridan yengilrog`ini tayinlashi mumkin. Bunda sud tanlagan yengilroq jazo turining miqdori Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddasida belgilangan doirada tayinlanadi. Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab jazo tayinlashda qonun Jinoyat kodeksining 43-moddasida belgilangan yengilroq jazo turini tanlashni cheklamaydi. Agar bunday jazo turi aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 57- moddasini qo`llamasdan tayinlanishi ham mumkin. Jinoyat kodeksining bir qator moddalarining sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga majburiy qo`shimcha jazo sifatida tayinlanish belgilangan. Lekin, bunday talabga qaramasdan sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan asoslar mavjud bo`lsa, uni qo`llamasligi ham mumkin. Shunday qilib, Jinoyat kodeksining 57- moddasida ko`rsatilgan asoslar mavjud bo`lsa sud aybdorga yengilroq asosiy jazoni sanksiya doirasida tayinlashi, majburiy qo`shimcha jazoni esa qo`llamasligi mumkin yoki aybdorga yengilroq asosiy jazo tayinlashi mumkin yoki aybdorga yengilroq asosiy jazo tayinlash va majburiy qo`shimcha jazoni qo`llamasligi ham mumkin. Amaliyotda ba`zi sudlar Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab jazo tayinlashda oldindan aybdor sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik tug`risdagi huquqiy normalar sanksiyasi doirasida jazo tayinlaydilar, keyin hukmning qaror qismida yengillashtiruvchi holatlarni ko`rsatadilar, so`ngra esa Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida tayinlangan jazoni kamaytiradi, yoki yengilrog`i bilan almashtiradi. Masalan, viloyat sudining «A»ni ayblash bo`yicha chiqargan hukmining qaror qismida «hukm qildi so`zidan keyin: «A. Jinoyat kodeksining 196-modda 1 qismi bilan aybli deb topilsin va unga eng kam oylik ish xaqining yuz baravari miqdorida jarima tayinlansin»-deb ko`rsatiladi. Ammo «A» muqaddam sudlanmaganligi moddiy zararni qoplaganligi, davlat mukofotlariga sazovorligi, voyaga yetmagan farzandlari borligini e`tiborga olib sud belgilangan jarimani eng kam oylik ish xaqining 20 baravarigacha kamaytirgan”. 6[132] Ba`zi holatlarda sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan asoslar bo`lmagan taqdirda ham Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga murojaat qilmasdan aybdorga nisbatan qo`llanayotgan huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan jazoning eng kam qismidan ham qamroq jazo tayinlaydi. Bu ayrim turkumdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo`llanilishi mumkin. Jinoyat kodeksi 81-moddasiga ko`ra 18 yoshga to`lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, xatto agar sud qo`llanayotgan huquqiy normaning sanksiyasida ko`shimcha jazo tayinlash majburiy bo`lganda ham qo`shimcha jazo tayinlash mumkin emas. Pensiya yoshiga tulgan shaxslarga, mehnatga layoqatsiz ayollarga yoki bolasiga qarash bo`yicha ta`tilda bo`lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga ahlok tuzatish ishlari qo`llanishi mumkin emas. Yuqorida ko`rsatilgan shaxslarga sanksiya belgilangan ahlok tuzatish ishlari o`rniga sud boshqa yengilroq jazo turlarini tayinlash kerak. Yengilroq jazo tayinlash borasida JKning 57-moddasi talablariga oid quyidagi holatlarga ham to`xtalib o`tsak. Chunonchi, agar shaxs JKning turli moddalarida ko`zda tutilgan bir necha jinoyat uchun sudlanayotgan bo`lsa, yengilroq jazo tayinlash JK 57-moddasi jinoyatlar jami bo`yicha tayinlanadigan jazodan keyin emas balki aloxida jinoyatlar uchun jazo tayinlash vaqtida qo`llaniladi. Masalan, fuqaro «S»ning jinoyat ishini olaylik u Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 2-qismi «A» bandi hamda Jinoyat kodeksi 248 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida har ikki modda bo`yicha umumiy tarzda 57-modda qo`llanilib, jazo tayinlangan. Ushbu ish bo`yicha yuqoridagi qoidaga zid ravishda jazo tayinlash amalga oshirilganini ko`ramiz. S ning jinoyat ishi bo`yicha chiqarilgan hukm Oliy sud Plenumining 1996 yil 19 iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`rsida»gi 16 sonli qarorining 8,1 bandida ko`rsatilgan talablar bajarilmaganligini ko`rsatib,, Oliy sud o`z qarori bilan 6[132] Тoshkent viloyati Sudining arxiv materiallaridan. Т:.2003 y. hukmni bekor qilgan 7[133] . «S» ning jinoyat ishi bo`yicha jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi, ya`ni «S» ning Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2 qismi «A»bandida ko`zda tutilgan jinoyati hamda Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun jazo tayinlashda har bir jinoyat uchun aloxida-aloxida og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni e`tiborga olib, 57-modda qo`llanishi uchun asoslar mavjud bo`lsa, ushbu modda ham har bir jinoyati uchun aloxida tatbiq etilib so`ng 59-moddada ko`zda tutilgan qoidaga ko`ra har bir jinoyati uchun tayinlangan jazolarni tula yoki qisman qo`shish yo`li bilan jinoyatlar jami bo`yicha jazo tayinlanishi kerak. XULOSA Tarixan yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish jarayoni, afsuski, ijtimoiy salbiy hodisa hisoblangan jinoyatchilik kabi shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy xavfli hodisa bilan birga yuz bergan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “jinoyatchilikning o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid qiladi”. Shunday ekan, har bir mamlakatda qabul qilingan qonunlarga xilof ravishda sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilik sur’atini keskin kamaytirish va ularga qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish lozimki, ma’lum sohada jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olishda samarali natijalarga erishish, miqdor jihatdan jinoyat sodir etilishini eng past darajagacha tushirish, salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun, avvalo, jinoyatchilikning jamiyatda bo’lishini, rivojlanishini taqozo qiluvchi va unga ta’sir etuvchi, sabablari sifatida harakat qiluvchi hodisalar, voqyealar va jarayonlarni, ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishni o’rganish kerak. Jinoyatchilik iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, geografik, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik, biologik va hatto genetik hodisalar, jarayonlar va xususiyatlar bilan sababiy bog’langan bo’ladi. 7[133] O’zR Oliy Sudi Plenumi Qarorlarining to’plami. 1991-1997 yillar. // “SHarq”, Т:.1997 y. O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub o’zgarishlar (mamlakat iqtisodiyotida inqirozli hodisalar, siyosiy tuzumning o’zgarishi) ijtimoiy-huquqiy nazorat sezilarli darajada susayishiga va buning oqibati o’laroq, jinoyatchilikning sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. O’z- o’zidan ravshanki, jinoyatchilik jamiyatning muayyan holatini tavsiflaydi va bunday jamiyat xususiyatlarini o’zgartirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushqoqligi yuksak darajada bo’lgan holda, jamiyatning rivojlanish yo’nalishlarini belgilashga qodir ekanligi ham kriminolog olimlar tomonidan isbotlangan. Shu tufayli ham ishtirokchilikdagi jinoyatchilik, uning doirasida esa eng xavfli – uyushgan jinoyatchilik tadqiqot uchun alohida qiziqish uyg’otadi. Ishtirokchilikdagi jinoyatchilik – bu ancha keng tarqalgan hodisa. , degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, jinoyatchilikni oldini olish doimo davlat va jamiyat hayotining eng dolzarb masalalaridan biri sifatida qarab kelingan. Shu sababdan ham O’zbekiston Respublikasining amaldagi JK 2-moddasida “jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respulika Konstitusiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash” JKning vazifalaridan biri sifatida keltirilishi, 7- modda (insonparvarlik prinsipi)da esa, “jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishini oldini olish uchun zarur ham yetarli bo’ladigan jazo tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanalishi kerak”ligi, 241-moddasida esa, tayyorgarlik ko’rilayotgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat haqida xabar bermaslik uchun javobgarlik belgilab qo’yilganligi ham alohida ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi. Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmog’i lozim: - huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’zaro hamkorligining shakli va usullarini yaratish orqali, ularning faoliyat yo’nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig’iga mo’ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning bajarilishini belgilash; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga faqat maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarni jalb etish; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur moddiy-texnikaviy jihozlar bilan ta’minlash; - mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g’ayriqonuniy daromad olishga yo’l qo’ymaslik, ularning xufiyona iqtisodiyot korchalonlari va uyushgan jinoyatchilik yo’lboshchilari ta’siriga tushib qolmasligi hamda korrupsiya ta’siriga tushib qolgan “xalq g’amini o’ylovchi” kimsalarga zarba berish. Shu holat bilan bog’liq holda mazkur nazoratni amalga oshirishga nima xalaqit beradi, degan savol tug’iladi. Bunda asosiy salobiy omil korrupsiyadir. Ijtimoiy-huquqiy nazoratdan himoyalanishning boshqacha usuli bo’lmasa kerak. Korrupsiyaga qarshi kurash uchun jinoyat-huquqiy baza yo’qligi haqidagi vaj- korsonlar quruq gapdan bo’lak narsa emas. Jinoyat qonunida korrupsiya jinoyati tushunchasining yo’qligi so’zning o’z ma’nosidagi korrupsiya jinoyatlari yo’qligini anglatmaydi. Bizningcha, uyushgan jinoyatchilikka uyushgan guruhlar faoliyatini ham kiritish o’rinli bo’ladi. Adabiyotlarda uyushgan jinoyatchilik g’ayriqonuniy faoliyatni ta’minlovchi uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar va jinoiy uyushmalarning kriminal daromadlarni ko’paytirishga va hokimiyat tuzilmalariga ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan keng birikuvi va jipslashuvidan tashkil topishi ta’kidlanadi Ayni shu sababli uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni faqat yoki asosan jinoyat-huquqiy yo’llar va usullar bilan olib borish mumkin emasligini tushungan professionallar soni tobora ko’payib bormoqda. Download 333.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling