1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari


Jazoni yengillashtiruvchi holatlar


Download 333.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.01.2023
Hajmi333.81 Kb.
#1141157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati

Jazoni yengillashtiruvchi holatlar 

Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini ko`rishda eng avvalo jinoyat sodir 


qilish bilan bog`liq bo`lgan barcha holatlarini, uni sodir qilgan shaxsni, qilmishda 
jinoyat qonunida ko`zda tutilgan barcha belgilarning mavjudligini to`la va batafsil 
aniqlash, jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilish , qonuniylik va adolatlilik prinsipiga 
rioya qilishning asosiy shartidir. Jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi 
holatlar ma`lum darajada qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilovchi mezon 
bo`lib ham hisoblanadi.
Quyida jazo tayinlashda e`tiborga olinadigan jazoni yengillashtiruvchi 
holatlarga to`xtalamiz: 
a) aybni bo`yniga olish to`g`risida arz qilish, chin ko`ngildan pushaymon 
bo`lish yoki jinoyatni ochishga faol yordam berish; 
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; 
v) og`ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda 
jinoyat sodir etish; 
3[129]
O’zR Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 


g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa 
jihatdan qaramliligi sababli jinoyat sodir etish; 
d) jabrlanuvchining zo`rlik, og`ir xakorati yoki boshqacha g`ayriqonuniy 
harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida jinoyat sodir 
etish; 
ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga 
chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, 
kasb yoki xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lgan asosli tavakkalchilikda zarar 
yetkazish; 
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; 
i) jabrlanuvchining g`ayriqonuniy yoki ahlokka zid xulq-atvori ta`siri ostida 
jinoyat sodir etishi. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida jazoni 
yengillashtiruvchi holatlarning, bir tomonidan real xayotda ko`proq uchraydigan 
turlari va turli-tuman jinoyatlar sodir qilish uchun tipik bo`lgan holatlar olingan 
bo`lsa, ikkinchi tomondan, qonun chiqaruvchi organ jinoyat sodir etish va 
jinoyatchi shaxsiga jiddiy ta`sir qiladigan holatlarnigiga jazoni yengillashtiruvchi 
holatlar ro`yxatiga kiritgan. 
Jinoyat huquqi nazariyasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning roli 
xaqida yagona fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar yengillashtiruvchi holatlar 
aybning darajasiga ta`sir qiladi desa, boshqa birlari sud tomonidan tayinlanadigan 
jazoni yengillashtiradi deb hisoblaydilar. Yana boshqalari esa yengillashtiruvchi va 
og`irlashtiruvchi holatlar qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilaydi, deb 
hisobaydilar. G. L. Kriger esa javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar faqat ayb 
darajasiga, jazo miqdoriga yoki sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik 
darajasigagina ta`sir qilmasdan, balki javobgarlik va jazodan ozod qilishning 
muhim shartlari ham hisoblanadi»
4[130]
, deb yozadi. 
4[130]
Курс Советского Уголовного право. (В 6 томах). // “Наука”, М:.1970 г., Том-3, Стр-136-137. 


M. A. Skryabin esa javobgarlikni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi 
holatlar jinoyat tarkibidan tashqaridagi holatlar bo`lib, sodir etilgan jinoyatga yoki 
jinoyat sodir etgan kishining shaxsiga bevosita yoki bilvosita tegishli bo`lib, 
qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiradi, (yengillashtiruvchi holatlar) 
yoki oshiradi, (ogrilashtiruvchi holatlar) va javobgarlik va jazoga ta`sir qiladi»
5[131]

deb yozadi. 
Yuqoridagi aytilganlardan ko`rinib turibdiki, yengillashtiruvchi holatlarning 
jinoyat-huquqiy ahamiyati xaqida yuridik adabiyotlarda turli fikrlar bildirilgan. 
Ularning barchasi yengillashtiruvchi holatlarni qilmish va aybdorning shaxsi bilan 
bog`lab tushuntirganlar. 
Yengillashtiruvchi holatlarni tavsiflash masalalariga ham mualliflar turlicha 
yondoshganlar. M.A.Skryabin «Qonun jazo tayinlashda huquqqa xilof qilmish va 
jinoyatchi shaxsini xususiyatlovchi holatlarga ahamiyat beradi. Og`irlashtiruvchi 
va yengillashtiruvchi holatlarni quyidagicha ifodalashni taklif qiladi:
A) faqat jinoyatning o`ziga tegishli bo`lgan holatlar;
B) faqat aybdorning shaxsiga tegishli bo`lgan holatlar; 
V) aybdorning shaxsiga va jinoyatga tegishli bo`lgan holatlar. 
Bizning nazarimizda, yengillashtiruvchi holatlarni bunday tasniflash 
amaldagi Jinoyat kodeksidagi 55-modda ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holatlarga 
ham to`g`ri keladi. Masalan, voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi (JK 55-
modda «j» bandi) va homilador ayolning jinoyat sodir etishi (JK 55-modda “z” 
bandi) faqat shaxsga tegishli bo`lgan yengillashtiruvchi holat hisobansa, 
majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatdan yoxud boshqa jihatdan 
qaramlik sababli jinoyat sodir qilish faqat jinoyatga tegishli bo`lgan 
yengillashtiruvchi holat hisobansa, aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilish yoki 
jinoyatni ochish uchun faol yordam berish ham jinoyatga, ham shaxsga tegishli 
bo`lgan yengillashtiruvchi holat hisobanadi. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar 
faqatgina jazoni yengillashtirishning o`zi uchun asos bo`lmasdan, balki jinoiy 
5[131]
М.А.Скиябин “Общее начало назначения и наказания и их применения несовершеннолетним” 
// Изд. Казанского Ун-та, 1988 г., Стр-76. 


javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish uchun ham asos bo`lishi mumkin. 
Jumladan, chin ko`ngildan pushaymon bo`lish yoki jinoyatni ochish uchun faol 
yordam berish, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-moddasi asosida 
javobgarlikdan ozod qilish yoki 71-moddasi qoidalariga ko`ra sodir etilgan 
jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo`lmasligi yoki jinoyat uncha og`ir bo`lmasligi 
kerak. Agar sodir etilgan jinoyat og`ir yoki o`ta og`ir bo`lsa va JK 55- 
moddasining «a» bandidagi holat mavjud bo`lsa, sud yengillashtiruvchi holat deb 
jazo tayinlashi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida ko`rsatilgan 
jazoni yengillashtiruvchi holatlarning barchasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir. 
1. 
1. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-
moddasida nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatlar Jinoyat kodeksining Maxsus 
qismining moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning jinoyat tarkibidan 
tashqarida bo`lib, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ta`sir qilmaydi, 
kvalifikatsiyani o`zgartirmaydi. 
2. 
2. Bu moddada ko`rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi 
holatlar qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi bo`yicha kvalifikatsiya 
qilish uchun zaruriy belgisi sifatida ko`rsatilgan bo`lsa, jazo tayinlash vaqtida yana 
55-moddaga murojaat qilinmay o`sha moddaning sanksiya doirasida jazo 
tayinlanadi. Chunki qonun chiqaruvchi organ 55-moddada nazarda tutilgan 
yengillashtiruvchi holatni Jinoyat kodeksi Maxsus qismida yengillashtiruvchi holat 
sifatida ko`rsatib, shunga muvofiq ravishda sanksiyani ham yengillashtirgan. 
Masalan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasining «d» 
bandida «jabrlanuvchining zo`rlik, og`ir xaqorat yoki boshqacha gayriqonuniy 
harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida jinoyat sodir 
etishi» - yengillashtiruvchi holatlardan biri sifatida ko`rsatilgan. O`zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 98-moddasida esa jabrlanuvchi 
tomonidan gayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir xaqorat, shuningdek, uning boshqa 
g`ayriqonuniy harakatlari tufayli to`satdan yuz bergan kuchli ruhiy xayajonlanish 
holatida qasddan odam o`ldirish – besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum 


qilish bilan jazolanadi, deyiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-
moddasida qasddan odam o`ldirish uchun shu moddaning 1-qismida 15 yilgacha 
muddatga, 2-qismida 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o`lim 
jazosi bilan jazolanishi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
98-moddasida qasddan odam o`ldirish, lekin kuchli ruhiy xayajonlanish bu 
jinoyatning jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilganligi uchun 
yengillashtiruvchi holat hisoblanib, shu moddaning o`zida nazarda tutilgan.
Demak, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida 
ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holat Maxsus qismning , barcha moddalarida 
ko`rsatilgan jinoyatlar uchun Maxsus qismning muayyan bir moddasida 
ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holat fakat shu moddaning o`zi uchungina 
ahamiyatlidir. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda 
tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro`yxati kat`iy bo`lmay, sud jazo 
tayinlash vaktida bu moddada ko`rsatilmagan boshqa holatlarni ham ishdagi 
holatlarga karab yengillashtiruvchi holat deb hisoblashi mumkin. Masalan, davlat 
oldidagi katta xizmatlari, akliy rivojlanishining jismoniy rivojlanishiga nisbatan 
orqada kolib ketganligi va xokazolar ham yengillashtiruvchi holat deb hisoblanishi 
mumkin. 

Download 333.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling