1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari


Download 333.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana30.01.2023
Hajmi333.81 Kb.
#1141157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati

Birinchidan, jazo jinoyat qonunida belgilangan davlatning majburlov 
chorasidir. Jinoyat qonunining yagona manbai O`zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksi bo`lganligi bois jinoiy jazodek majburlov chorasi Jinoyat kodeksida 
boshqa biron-bir hujjatda belgilanmasligi lozim. 
Ikkinchidan, jazo ommaga ta`sir etish xususiyatiga ega bo`lgan 
choradir. Jazo davlatning shaxs, jamiyat va davlat huquq va manfaatlarini ximoya 
qilish uchun qabul qilgan qonunida belgilangan taqiqlarni buzish, yo`l-yo`riqlarini 
bajarmaslikdan iborat muayyan shaxsning jinoiy xulq-atvoriga qarshi qaratilgan 
majburiy javob chorasidir. 
Davlatning normal faoliyatini ta`minlaydigan mazko`r qonunning 
asosiy ijtimoiy vazifasi butun jamiyat uchun eng muhim va qimmatli bo`lgan 
ijtimoiy munosabatlarni muxofaza qilishdan iboratdir. Shu bois jinoyat sodir 
etishda aybdor shaxslarga nisbatan davlat tomonidan qo`llaniladigan jazo 


jamiyatimiz a`zolari bo`lgan barcha fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab amalga 
oshiriladi. 
Uchinchidan, jazo – O`zbekiston Respublikasi sudlov tizimining tarkibiy 
qismi – sudning hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor hisoblangan shaxsga 
nisbatanqo`llaniladigan chorasidir. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasida sud 
xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan, siyosiy 
partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi, deb 
yozilgan. Konstitutsiyaning 26-moddasida esa jinoyat sodir etganlikda 
ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib 
chiqilib, uning aybi aniklanmaguncha u aybdor hisobanmaydi, deb ta`kidlanadi. 
Shundan kelib chiqib, shaxs fakat sudning ayblov hukmi bilan, aybdor deb 
topilishi mumkin; mazkur hukmning oqibati sifatida unga jazo qo`llanishi kerak.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari, eng avvalo, jinoyat sodir etishda 
qonunning prinsiplari bilan bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 10-moddasida «Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan 
har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart» , -deyiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-10-moddalarida jinoyat 
qonunining yettita prinsipi va ularning tushunchalari berilgan bo`lib, jazo tayinlash 
ana shu prinsiplarning har biri va barchasi bilan bevosita bog`liqdir. Masalan, 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida odillik prinsipining 
tushunchasi berilgan bo`lib, jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxsga nisbatan 
qo`llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi odilona bo`lishi, ya`ni 
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo`lishi kerak, - deyiladi. Jinoyat 
sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir 
etishining oldindani olish uchun zarur hamda yetarli bo`ladigan jazo tayinlanishi 
yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi qo`llanishi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning maqsadlariga erishishni 
nazarda tutadi. 


Jazo tayinlashning umumiy asoslari sudning Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida 
belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlashning bir 
qator masalalarni e`tiborga olishni taqozo qiladi. 
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasining sanksiyasi doirasida 
jazo tayinlanadi, deganda nimani tushunish kerak? 
Ma`lumki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi 
sanksiyalar alternativ sanksiya tariqasida berilgan bo`lib, sud jazo tayinlashda faqat 
ana shu sanksiyada ko`rsatilgan jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. 
Bunda sud tayinlash uchun tanlagan jazo turining miqdori va muddati shu 
sanksiyada ko`rsatilgan doiradan tashqariga chiqmasligi kerak. Masalan, 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasining 2-qismida mulkni 
qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, millatlararo yoki irqiy adovat 
yoxud diniy taassublar zamirida, atrofdagilar uchun xavfli usulda; ko`p miqdorda 
zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa, eng kam oylik ish xaqining ellik 
baravaridan yetmish besh baravarigacha mikdorda jarima yoki ikki yildan uch 
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi, deyiladi. Demak, bu sanksiyada uchta asosiy jazo 
ko`rsatilgan bo`lib, sud ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e`tiborga olib, shu 
jazolardan birini tanlab tayinlaydi. Agar jarimani tayinlasa, eng kam oylik ish 
xaqining ellik baravaridan kam va yetmish besh baravardan ko`p bo`lmagan 
miqdorda tayinlaydi. Axloq tuzatish ishlari tayinlansa, bu jazoning muddatini ikki 
yildan kam, uch yildan ko`p tayinlay oladi. Ozodlikdan mahrum qilishni esa besh 
yildan ko`p bo`lmagan muddatga tayinlay olmaydi. Ammo sud jazo tayinlashda 
sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning 
sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini 
hamda jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib, 
sanksiyadagi jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Shu holatlarga qarab, 
agar aybdor yetkazilgan moddiy zararni uch karra miqdorda o`z ixtiyori bilan 


qoplasa, sud sanksiyada ko`rsatilgan ozodlikdan mahrum qilishni tayinlamay, 
sanksiyadagi yengilrok jazoni tayinlashi mumkin. 
Jazo tayinlash masalasiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham 
aloxida ahamiyat bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 
iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenum 
qarorining 1,2 bandida «Sudlar og`ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan 
guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga muqaddam sudlanganlarga nisbatan 
qattiq jazo choralarini qo`llashi lozim. Bunda fukarolarning xayoti va sog`lig`iga 
tajovuz qilish, poraxo`rlik, giyoxvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar va 
qurollar tarqatish kabi, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi 
jinoyatlarni aloxida xavf tugdirishini nazarda tutishlari kerak. Shuning bilan birga 
og`ir jazo choralari Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa 
choralar orqali erishib bo`lmaydigan hollardagina tayinlashi mumkinligi ham 
e`tiborga olinishi kerak», -deyiladi. 
“Jazoning samaradorligini oshirishni ta`minlovchi obyektiv sharoitlar 
buzilar ekan, har qanday jazo tizimidan ko`zlangan natijalarga erishilmaydi”
1[127]
,-
deb M.D.Shargarodskiy juda to`g`ri takidlaydi. Demak sud jinoyat uchun jazo 
tayinlaganda, eng avvalo, shu jazoning subyekt aybining darajasiga mosligi va 
uning aybdorni tarbiyalashdagi samarasini o`ylashi kerak. Ammo shuni ham esdan 
chiqarmaslik kerakki, jinoiy jazo qanchalik insonparvar bo`lmasin, aybdorga 
jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini 
ko`zlamaganligiga (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasi) 
qaramay, qo`rqitish xususiyati bo`lishi va, sodir qilgan jinoyatiga yarasha 
shaxsning moddiy, ma`naviy, huquqiy holatida muayyan keltirib chiqarishi kerak. 
Aks holda jinoiy jazoning ijtimoiy kasb etmagan bo`lar edi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1999 yil 14 mayda bo`lib o`tgan 
navbatdan tashqari Plenumida Oliy sud raisi U. K.Mingboyev sudlar ko`p hollarda 
asossiz ravishda, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga va ayollarga og`ir jazo choralarini 
1[127]
М.Д.Шаргородский “Наказание и его цели эффективности” // Изд. Ленинского 
Университета,1973 г. 


qo`llayotganliklarini ta`kidlab; «Jazo turini tanlashda sudyaga o`z nuqtai nazarini 
chuqur va har tomonlama asoslab berish majburiyatini yuklovchi qonun talablari 
ham ko`pincha buzilmoqda. Aksariyat shu sababga ko`ra, asosiy jazo turi sifatida 
jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolar deyarli qo`llanilmaydi. Masalan 
o`tgan yilda (1998 yil nazarda tutilmoqda) umumiy sudlanganlardan faqat 8,3 foiz 
shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan holos»
2[128]
, degan edi. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasida Jinoyat kodeksi 
Umumiy qismining qoidalariga muvofiq jazo tayinlanishi xaqida yoziladi. JK 
Umumiy qismi qoidalariga muvofik jazo tayinlash deganda nimalar tushunilishi 
kerak? 
Ma`lumki, Jinoyat qonuni Maxsus qismining moddalarini amalga tatbiq 
qilishining barcha qoidalari uning Umumiy qismida ko`rsatilgan. Maxsus qism 
normalarini ko`llashda Umumiy qism normalari yo`naltiruvchi va tartibga soluvchi 
normalar bo`lib hisoblanadi. Demak, Umumiy qismining normalari Maxsus 
qismning kaliti hisobanadi. 
Jinoyat kodeksida Maxsus qism moddalariga tegishli bo`lmagan birorta 
modda yo`q. Masalan, Jinoyat kodeksining Maxsus qismida jinoyatlar uchun 
javobgarlik belgilangan bo`lsa, Umumiy qismida jinoyat tushunchasi (14-moddasi) 
berilgan; Maxsus qismida jinoyatlar uchun faqat jismoniy shaxslar tomonidan 
sodir etilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo`lib, umumiy qismining 17-moddasida 
jismoniy shaxs, 18-moddasida aqli rasolik tushunchalari berilgan. Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining ko`pchilik moddalarida jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan 
qilinsa, deyilgan, ishtirokchilik tushunchalari esa, 27-30-moddalarida berilgan. 
Maxsus qism moddlarida jinoyat takroran, xavfli retsidivist, o`ta xavfli retsidivist 
tomonidan sodir etilsa, deyiladi, ularning tushunchalari esa Umumiy qismining 32-
34-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari sanksiyalarida 
muayyan doirada tayinlandigan jazo turlari nazarda tutilgan, jazo tayinlash 
qoidalari esa Umumiy qismining 57-63-moddalarida ko`rsatilgan va xokazolar. 
O’zR Oliy Sudining 1998 yil 28 dekabr, 1999 yil 30 aprel va 1999 yil 4 may oyidagi Plenumi Qarorlari. // 
Т:.1999 y., 33-bet. 


Bundan tashqari, Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilmagan, ammo jazo 
tayinlashda e`tiborga olinishi shart bo`lgan bir kancha jinoyat qonuni institutlari 
borki, bu institutlarda shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat deb topilib, Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladigan bo`lsa, 
Umumiy qismida nazarda tutilgan qoidalarning qo`llanilishining o`zi yetarlidir. 
Masalan, javobgarlik va jazodan ozod qilish ko`zda tutilgan moddalar, tibbiy 
yo`sindagi majburlov choralarini ko`llash, sudlanganlik va uni hisoblash qoidalari 
fakat Umumiy qismda ko`rsatilgan. To`g`ri, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 
moddalarida ham javobgarlik va jazodan ozod qilish (masalan, 211-moddaning 4-
qismi, 212-moddaning 4-qismi, 248-moddaning 4-qismi va xokazolar) ko`zda 
tutilgan. Ammo javobgarlik va jazodan ozod qilishning bu turlari faqat o`sha 
moddaning o`zi uchun tegishli, holos. 
Umumiy qismdagi javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi 
moddalar umuman, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalariga ham tegishlidir,
Ma`lumki, sud jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdorning qilmishi 
kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida ko`rsatilgan jazo turlari va muddati 
doirasidan chetga chiqa olmaydi. Ammo ish holatlariga ko`ra, aybdorning qilmishi 
kvalifikatsiya qilingan modda sanksiyasi doirasida jazo tayinlansa, jazo adolatsiz 
bo`lib qoladi. Sud, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining 57-moddasida ko`zda 
tutilgan yengilrok jazo tayinlash qoidalarini qo`llab, yengilrok jazo tayinlashi ham 
mumkin.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi masalasiga qonunda aloxida ahamiyat 
berilgan, ya`ni Jinoyat kodeksining Umumiy qismida aloxida bobda ajratib 
ko`rsatilgan. JK Maxsus qismi moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlarni voyaga 
yetmaganlar tomonidan sodir etganlik uchun aloxida javobgarlik belgilanmagan. 
Xatto, Maxsus qismi moddasining sanksiyasida ham voyaga yetmaganlarga 
nisbatan tayinlanadigan jazo turi va muddati aloxida ajratilib ko`rsatilmagan. 
Shunga muvofik voyaga yetmaganlarning jinoyati ham Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ammo jazo tayinlashda 
voyaga yetmaganlarning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning, sanksiyaning 


miqdori va muddatiga kelganda esa o`sha sanksiyada ko`rsatilgan miqdor va 
muddat doirasida jazo tayinlanmay, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
82-85-moddalarida ko`rsatilgan jazo turining miqdori va muddati doirasida 
tayinlanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilrok jazo tayinlash) 
qoidalariga murojaat qilinmaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli 
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenumi qarorining 1,7 
bandida «Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari
qamoq kabi jazolarning samadorligiga e`tibor berish lozim. Shu bilan birga og`ir 
jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganligi uchun 
ichki ishlar organlari hisobida turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda 
kat`iyatsizlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi»
3[129]
, -deyiladi. 

Download 333.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling