1. Jinoyat ishlar bo’yicha Zarafshon shahar sudi tashkiliy tuzilish
Sud tizimining asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 200.51 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayblov funksiyasi
- Himoya funksiyasi
- . Odil sudlov funksiyasi
- Nazorat funksiyasi
- Yordamchi funksiya
2. Sud tizimining asosiy vazifalari va funksiyalari.
Jinoyat ishlar bo’yicha Zarafshon shahar sudining funksiyalarini shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: 1) asosiy funksiyalar (ayblov, himoya, odil sudlov – ishni hal qilish, nazorat); 2) fakultativ funksiyalar (zararni qoplash, fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlash, jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratgan holatlarni aniqlash); 3) qo‘shimcha funksiyalar (ya’ni, ta’minlovchi funksiyalar, masalan, sud majlisi kotibining sud majlisi bayonnomasini tuzish funksiyasi v.b.). Ushbu funksiyalardan eng muhim, asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz: 1. Ayblov funksiyasi – bu jinoyat protsessi subyektlarining jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, uning aybini, shuningdek jinoiy javobgarlikka oid boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyatidir. Mazkur funksiyani prokuror, jamoat ayblovchisi, jabrlanuvchi va uning vakillari amalga oshiradi. Ayblov funksiyasi aniq shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish, shaxsni jinoyat sodir etganligini fosh etish, jinoyat sodir etishga gumonni shakllantirish, ayblovni e’lon qilish, gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan protsessual majburlov choralarini qo‘llash, davlat ayblovini sudda qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi. Ayblov funksiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan bir qatorda, 2001-yil 29 avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida” (yangi tahriri), 2011-yil 29-sentabrdagi “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida” hamda 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari bilan ham tartibga solinadi. 2. Himoya funksiyasi – bu jinoyat protsessi subyektlarining ayblovni inkor etishga, shaxsning aybsizligini hamda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyatidir. Ushbu funksiya subyektlari - gumon qilinuvchi va ayblanuvchi (sudlanuvchi), Jinoyat protsessining funksiyalari deganda, jinoyat-protsessual faoliyatning asosiy yo‘nalishlari tushuniladi. Ma’lumki, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat-protsessual faoliyati bir xil bo‘lmay, o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Jinoyat protsessining funksiyalari jinoyat sud ish yurituvi subyektlarining protsessdagi roli va vazifasidan kelib chiqadi. 20 ularning qonuniy vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi. Himoya funksiyasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: gumon va ayblov mohiyatiga nisbatan to‘liq e'tiroz bildirish; gumon va ayblovning alohida bandlariga nisbatan e'tiroz bildirish; qilmish malakasini (kvalifikatsiyasini) rad qilish; himoya ostida bo‘lgan shaxsning qilmishiga boshqacha huquqiy baho berish; javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarga e’tibor qaratish; ayblovni asoslantiruvchi dalillarning yetarli emasligini asoslash v.b. Himoya funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan bir qatorda, 1996-yil 27-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 1998-yil 25-dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida so‘nggi yillarda himoya funksiyasini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1999-yil 15-apreldagi Qonun bilan himoyachining huquqlari doirasi kengaytirilib, himoyachi endilikda ishni nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida ham ishtirok etishga haqli bo‘ldi. 2003-yil 12-dekabrdagi Qonun bilan himoyachi jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tartibini qo‘llash bo‘yicha iltimosnoma bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘ldi. 2008-yil 15- sentabrdagi Qonun bilan advokatning ishda ishtirok etishiga u advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yilishi tartibi joriy etildi. 2008-yil 31-dekabrdagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi “Guvohning advokati” deb nomlangan 661 - modda bilan to‘ldirildi, himoyachining iltimosnomasiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkinligi belgilandi (69-modda), himoyachi vakolatlari kengaytirilib, u dalillar to‘plash huquqiga ega bo‘ldi. 3. Odil sudlov funksiyasi – bu sudning ish bo‘yicha to‘plangan barcha dalillarni tekshirish hamda aniq shaxsning aybdor yoki aybsizligi to‘g‘risida, shuningdek unga tayinlanadigan jazo to‘g‘risida qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyati (jinoyat ishini mazmunan hal qilish funksiyasi). O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov funksiyasini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona organ bu sud hisoblanadi. Odil sudlov funksiyasini amalga oshirish tartibi ham kuchaymoqda. Xususan, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning sud-huquq sohasini isloh etish yo‘nalishida ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar asosida 2012-yil 21 18- sentabrdagi Qonun bilan sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish huquqiga ega subyektlar doirasidan chiqarildi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatprotsessual kodeksining 15-moddasi); Xabeas korpus instituti kengaytirildi; ayblov xulosasini sud emas, prokuror tomonidan o‘qib eshittirilishi belgilandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439- moddasi). Odil sudlov funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatprotsessual kodeksi bilan bir qatorda, 2000-yil 14-dekabrdagi “Sudlar to‘g‘risida” (yangi tahriri), 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida” va boshqa qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 4. Nazorat funksiyasi – bu prokuror va sud tomonidan jinoyat protsessi bosqichlarida qonuniylikka, protsess ishtirokchilarining huquq va manfaatlariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat yuzasidan faoliyat yo‘nalishidir. Hozirgi kunga kelib “Xabeas korpus” instituti rivojlanishi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga (2008-yil) va uy qamog‘iga (2014-yil), lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llashga (2012-yil) sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda prinsipial qadam bo‘ldi. Jinoyat protsessida asosiy bo‘lgan ayblov, himoya va odil sudlov funksiyalardan tashqari dastlabki tergov va yordamchi funksiyalar amal qiladi. Dastlabki tergov funksiyasi – tergovchi, surishtiruvchi – o‘z vakolat doirasida (ayblov e’lon qilish va ayblanuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual va tergov harakatlarini o‘tkazish bundan mustasno) tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dalil to‘plash va ularni protsessual qayd qilish, to‘plangan dalillarni tekshirish va baholash orqali ayblovni shakllantirish, shaxsni ayblanuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb qilish va dastlabki tergovni tamomlash bilan bog‘liq protsessual qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, dastlabki tergov funksiyasining ayblov funksiyasidan asosiy farqi shundaki, uning ustuvor vazifasi ayblovni shakllantirish emas, balki jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashdir. Ya’ni, haqiqatni aniqlash uchun dastlabki tergov funksiyasini amalga oshiruvchi subyektlar ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatprotsessual kodeksining 22-moddasi). Yordamchi funksiya – jinoyat ishlari yurituvida haqiqatni aniqlashga ko‘maklashuvchi ishtirokchilarning faoliyatidan iborat bo‘lib, ular ikki guruhga bo‘linadi: 1) daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlar manbalari bo‘lgan shaxslar (guvoh va ekspert). Bu shaxslar isbot qilish jarayonida faol ishtirok etib, aynan ular tomonidan beriladigan daliliy ahamiyatga molik ma’lumotlar ishning hal qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2) dalillarni qayd qilish va mustahkamlashda ko‘maklashuvchi shaxslar (mutaxassis, tarjimon, xolis). Bu toifadagi shaxslar esa jinoyat hodisasi bo‘yicha obyektiv faktik ma’lumotlar manbalari bo‘lmasalar-da, jinoyat protsessida texnik-tashkiliy yordam ko‘rsatadilar. Yuqorida aytib o'tilgan federal qonunlarga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi ning shahar sudi hokimiyat sud tizimida o'rta darajadagi mavqega ega bo'lgan bir instantsiya. Ushbu organ vakolatining qaysi tamoyillarini ajratib ko'rsatish mumkin?Shahar sudlarining tarkibi, tuzilishi nimani tavsiflaydi? Qonun hujjatlariga muvofiq, tuman hokimiyatining vakolatiga quyidagilar kiradi: jinoiy ishlar; fuqarolik tusidagi ishlar; ma'muriy ishlar; tinchlik sudlariga murojaat qilish; ishlarni yangi ochilgan tafsilotlar va holatlar asosida ko'rib chiqish va qayta ko'rib chiqish (shu jumladan qonuniy kuchga kirgan qarorlar); sud amaliyotini va statistikasini o'rganish, umumlashtirish va rasmiylashtirish. Download 200.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling