1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Ўзбек халқининг миллий педагогикасини пайдо бўлишини таҳлил қилиб ўтинг


Download 379.84 Kb.
bet13/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

4.Ўзбек халқининг миллий педагогикасини пайдо бўлишини таҳлил қилиб ўтинг.

5.Зардуштийлик таълимоти инсон тарбиясига қаратилган асосларини айтиб беринг.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan
oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi
davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, buyuk pedagogik fikrlar o‘zbek xalkimizning ―Avesto muqaddas kitobida ham ifodalangan va qimmatli fikrlar talqin etilgan. Islom dinidan avvalgi davrda O‘rta Osiyo hududida zardushtiylik dinining xalqimizga nisbatan ta’siri kuchli edi. Zardushtiylik dini o‘sha davrdagi O‘rta Osiyo davlatlar ijtimoiy-siyosiy tuzumi, xalq madaniyati, jamiyat urf-odat va qadriyatlari, inson ma’naviyati va ta’lim-tarbiyasi masalalarini aks ettirdi, yosh avlod turmush tarzi va fe’l-atvorining muhim yo‘nalishlarini belgiladi. Zardushtiylik otashparvar dinining ―Avesto muqaddas kitobi qadimgi Xorazm vohasida paydo bo‘lgan. ―Avestoda ―yaxshi va ―ѐmon hodisa, vaziyat, xarakat va yurish-turishlar haqida gap boradi. Zardushtiylik xudo AxuraMazda odamzotni poklik, yaxshilik, halol mehnat, osoyishtalikka chaqiradi va shularni qilish uchun har bir xohlagan insonga vaziyat va imkon yaratadi va yordam beradi. Zardushtiylik ikkinchi xudosi Anxra-Manyu esa aksincha ѐmonlikka chaqiradi va odamlarning yaramas ishlari va harakatlariga asos soladi. Ikki xudo va shular bilan yaxshilik va ѐmonlik, haqiqat va yolg‘on, hayot va mamot, poklik va nopoklik, halollik va ifloslik, rahm-shavqat va bag‘ritoshlik orasida abadul-abad kurash umribod o‘tadi. Zardushtiylik diniga sig‘inganlarni ―Avesto ekin yerlarni parvarish qilish va ko‘paytirish, suv va shudgor joylarni asrab-avaylash, uy-joy qurish, uyni olov, bola-chaqa, mehnat qurollari, uy hayvon va qushlari, osh-qozon, idish-tovoq bilan to‘ldirish, atrofni gul, o‘simlik va meva daraxtlar bilan obodon qilishga chaqiradi.―Avesto faqat odam emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havo ham muqaddas deb xisoblaydi. ―Avestoda ona erimizning darѐlaru-bog‘lar, tog‘laru-buloqlar, ko‘lu-sahrolar, butun hayvonot va o‘simlik dunѐsi xudomizdan odamizotga buzish va tor-mor qilish uchun emas, balki ularni saqlash, ezozlash va dunѐni yanada go‘zal bunѐd qilishga chorlaydi.
Har bir inson jamoa ichida o‘zining tutgan ijobiy o‘rni va hayotida
tutilgan yo‘li bo‘lishi darkor. O‘zining kayfiyati va salomatligi bo‘yicha esa
ularni saqlash amaliy choralarni ko‘rish, ozodalik va jismoniy tarbiyaga rioya qilish, kiyim, uy va ish joyini tozalikda tutish, nopok joylarga bormaslik va nopok narsalarga tegmaslik, buzilgan ovqatlarni emaslikka hamma vaqt xabardor bo‘lishi kerak. Zardushtiylik har narsa, vaziyat, xodisada odam o‘zining bunѐdkorlik, insonparvarlik, rahm-shavqatlik va xushmuomalaligini ko‘rsatishiga chaqiradi. ―Avesto‖da dunѐning yaratilishi, insonning kamol topishi, ezgulik uchun ѐvuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik va ijodkorlik yo‘lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan.
-Avesto avloddan-avlodga meros qoldirgan ma’naviy qadriyatlarimizning
nodir namunasidir. Unda o‘tgan ajdodlarimizning haѐt va mehnat, insonning ahloq-odobi, baxt va go‘zallik, hurmat va adolat to‘g‘risidagi falsafiy va pedagogik mushohadalari o‘z ifodasini topgan.
“Avesto”da ta’qidlangan insonning asosiy sifatlari: Ezgu niyat, ezgu suz, Ezgu ish.


Билет №4
1.Зардуштийлик таълимоти инсон тарбиясига қаратилган асосларини айтиб беринг.
2.Касб-ҳунар таълими ва ишлаб чиқариш ўртасидаги алоқадорлик ҳамда узвийлик нима?
3.Босқичли ўқитиш нима?
4.Технологик билимларнинг узлуксизлиги деганда нимани тушунасиз?
5.Узлуксиз таълим тизимида давлат таълим стандартини ишлаб чиқариш нимага асосланади?

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling