1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Kasbiy pedagogika fanining predmeti nima?
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
1.Kasbiy pedagogika fanining predmeti nima?
Yangi taraqqiy etib borayotgan, o'sib borayotgan yosh avlodga hayot talablarining murakkablashib borishi, umuman, shu tarzda vujudga keladigan ehtiyoj ta’lim va tarbiyaning yangi mazmunga, shaklga ega bo’lgan uslublari bilangina, qanoatlantirilishi mumkin. Tarbiyaning maqsadi — jamiyatning alohida bir ongli shaxsga bo’lgan ehtiyojlarini aks ettirsh, uning mohiyati, ideal talablarini, o‘ziga xosligi va fazilatlarini, hayotga munosabatining, aqliy, jismoniy, axloqiy va estetik rivojlanishini nazariy umumlashtirishdir. Shaxsning har tomonlama kamolotga yetishi — ma’lum bir hayotiy, tarixiy shart-sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo’lgan qobiliyatlar va iqtidorlarning, uning mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarining toliq va batamom rivojlanishidir. Pedagogik jarayon — ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo‘naltiruvchi va olib boruvchi rahbariik roli natijasida bolaning o‘z-o‘zini taraqqiy ettirishi. Bolalarni tarbiyalovchi jamoa - bir butun o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo’lib, jamoaviy yuqori darajadagi axloqiy, estetik hamda ijtimoiy munosabatlarni tarbiyalaydigan, maxsus tashkil etilgan tizim, bolalar muhitida muloqot olib borishdir. Havaskorlik - bolalarning mustaqil, ixtiyoriy, o'z xohishiga ko'ra amalga oshiradigan ichki faoliyati. Tarbiyaviy muhit-inson shaxsini shakllantiruvchi tabiat, ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tafakkur, turmush va shaxslararo munosabatlarning doirasi kabi omillarning bir-birini boyitishi va muvofiq kelishi. Pedagogik muhit - pedagogik maqsadlarga muvofiq ravishda maxsus tuzilgan shaxslararo munosabatlar tizimi. Ichki m u h it-y u q o ri darajadagi o‘ziga xos asabiy faoliyatlarning, xarakterlar o‘ziga xosligining, hayotiy tajribaning, irsiy tafakkur ko'nikmalari tizimining hamda bola uchun, odatdagi ruhiy holatlarda o'zini namoyon etadigan ta’sirchanlik va haqiqatga munosabatlar mafkurasining o’zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini toldirishi va boyitishi. Aqliy tarbiya bolalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko’nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar, sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyut ozodligini shakllantirish. Huquqiy tarbiya- huquqiy madaniyatni, o'quvchilarda qonunga bo'ysunuvchanlik xatti-harakatini shakllantirish. Politexnik ma’lumot - hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy prinsiplari bilan, chiqindisiz va ekologik toza texnologiya bilan tanishish. Shu bilan birga, kompyuter texnikasi, mexanizatsiyalashtirilgan hamda avtomatlashtirilgan mehnatning hozirgi davrdagi jihozlari bilan ishlash malakasi bilan qurollantirish. Mehnat tarbiyasi —bolalarni umumiy mehnat bilimlari va ijtimoiy foydali mehnat malakalari bilan qurollantirish. Shu bilan birga, mchnatsevarlik, mehnat kishisining psixologiyasini rivojlantirish, mulkning har xil shakldagi turlarida mehnatining har xil shakllarini tashkil etish qobiliyatini namoyon etib, muvaffaqiyatga erishish, tadbirkorlik va ijodiy yondashuvni namoyon etish xususiyatlarining cgasi sifatida shakllantirishdir. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling