1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Ko`nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil etaolish qobiliyati. Malaka
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Касбий педагогика қандай фанлар билан алоқада
Ko`nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil etaolish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o`zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 2.Касбий педагогика қандай фанлар билан алоқада? 0‘zbekiston Respublikasida kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash pedagogika institutlari va universitetlari hamda boshqa barcha oliy o‘quv yurtlarining kasb ta’limi fakultetlarida amalga oshiriladi. Kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash o‘quv rejasida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik, qo'shimcha va tanlov fanlari bloklaridagi fanlarni o‘qitish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Umumkasbiy fanlar blokini texnologik-pcdagogik, loyihalash-konstruktorlik-texnologik, konstruktorlik kurslariga ajratish mumkin. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologik-pedagogik turkumdagi yoshlar fiziologiyasi va psixologiya, pedagogika kasb ta’lim pedagogikasi, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, kasb ta’limi metodikasi kasb tanlashga yollash kabi fanlarni o‘zaro bog’liqlikda o'rganishda amalga oshadi. Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda «Kasb ta’lim pedagogikasi» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlar (pedagogika, psixologiya, kasb ta’limi metodikasi, kasb tanlashga yollash va hokazolar)ni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin boglanishda boladi. Shu sababli «Kasbiy pedagogika» fanini boshqa psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarsiz u fanlarda olgan bilimlarsiz tasavvur qilib bolmaydi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum kasbiy pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo`lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, kasbiy pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo`lib, uning umumiy mohiyatini to`laqonli anglashuchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan kasbiy pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o`rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 1. Falsafa– shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g`oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo`lga qo`yish, o`quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiytexnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashgaxizmat qiladi. 3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etishshartlari xususida ma’lumotlarga ega bo`lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini samarali tashkil etishuchun imkoniyat yaratadi. 4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o`rin tutuvchi nazariy g`oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishdaalohida o`rin tutadi. 5. Estetika – shaxs tomonidan go`zallikning his etilishi, unga intilishi, Shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo`nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 6. Fiziologiya- o`quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatgaolinishi uchun boshlang`ch asoslarni beradi. 7. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiyirodaviy sifatlarni tarkib toptirishuchun zamin yaratadi. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling